Puerto-Rikoga Islomning qaytishi

Puerto-Rikoga Islomning qaytishi

Puerto-Rikoning yangi tarixida Islom qaysidir ma’noda 1958 yildan boshlanadi, bu hududdagi ilk musulmon jamoalari bu Isroilning e’lon qilinishi natijasida orolga kelgan falastinlik qochqinlardir. Bugungi kunda esa falastinliklardan tashqari bu joylarda Pokiston, Livan, Suriya, Misr va boshqa o‘lkalardan kelgan musulmon jamoalari ham hayot kechirishmoqda.

Puerto-Rikoga birinchi bo‘lib Islom 1493 yilda ispanlar tomonidan mamlakat egallab olinishi bilan kirib kelgan.

Gap shundaki, Ispanlar bu yerlarni o‘zlashtirish uchun afrika va arab qullarini olib kelishgan, ularning aksari Islom diniga e’tiqod qiluvchi mo‘minlar edi. Ushbu qullar kakao, qahva va shakar o‘sadigan plantasiyalarda, shuningdek, uy xo‘jaligida hizmat qilishgan. Natijada, orolda turli irq va dinga mansub  xalqlarning haqiqiy submadaniyati paydo bo‘ldi. Garchi bu musulmonlarning umumiy soni aniq bo‘lmasada, olimlarning fikriga ko‘ra, ular ko‘pchilikni tashkil qilishgan. Ushbu musulmon qullar jamoalari gullab-yashnashmadi va hatto yo‘q bo‘lib ketishdi, lekin Islom G‘arbiy yarim sharda chuqur ildiz otdi. Islom dini qullikdan qochib, mustaqil aholi punktlarini barpo etgan erkin musulmonlar, afrikalik sobiq qullar va Maroonlar tufayli mintaqadagi "ikkinchi yakka hudolik din" ga aylandi. Bu musulmonlar qit’a madaniyati va tarixida o‘chmas iz qoldirdilar.

Keyinchalik, Ispan-Amerika urushi paytida, general Nelson A. Mayls boshchiligidagi Amerika floti 1898 yil 25 iyulda Puerto-Rikoga bostirib kirdi. Amerikaliklar Guaniki hududida joylashishdi va bir necha kundan keyin orolda hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Ular musulmonlar va metislarga bir oz erkinlik berishdi.

Xristianlikning Katolik oqimiga o‘tish yoki Candomble yoki Santeriya kabi afro-amerika diniy urf-odatlarning qabul qilinishi tufayli vaqt o‘tishi bilan Amerikada Islomning ta’siri va mavjudligi yo‘qoldi. Zamonaviy musulmon jamoalari va ilgari paydo bo‘lgan musulmonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

2007 yilda Puerto-Rikoda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, orolda jami 5000 musulmon istiqomat qilishi ma’lum bo‘ldi, ular orasida Islomni yangi qabul qilinganlar ham, aholining 0,1 foizini tashkil qiladi. Puerto-Riko va boshqa orollarning, xususan Kuba va Dominikan respublikasining ispan tilida so‘zlashadigan jamoasida musulmonlar soni yil sayin ortib bormoqda. Puerto-Rikoda islomiy aholi soni 2020 yilga kelib 5300 kishiga (0,14%), 2050 yilga kelib 6,200 kishiga (0,17%) va 2100 yilga kelib 6,700 kishiga (0,22%) yetadi. Ushbu statistik ma’lumotlar 2012 yilda taqdim etilgan.

Puerto-Rikoda hozirda to‘qqizta masjid mavjud. Masjid Montehidra va Masjid Vega Alta ularning ichida eng faollari hisoblanadi. Ulardan birinchisi 1981 yilda Rio-Pyedras shahrida qurilgan bo‘lib, unda 200 nafar erkak va 40 ayol ibodat qilishgan. Ushbu masjid 1920-yillarda tashkil yetilgan Puerto-Riko universiteti yaqinida joylashgan. Ikkinchi masjid 1992 yilda qurilgan. Ayni paytda u butun orolning eng katta masjididir va 1200 erkak va 120 ibodat qilishi uchun mo‘ljallangan. Masjid juda ham go‘zal uning mahobati orolning eng uzun magistralidan ham yaqqol ko‘rinib turadi. Yana bir masjid orolning markazida, Jayuya qishlog‘ida joylashgan. Bu ijaraga olingan va 25 kishi sig‘adigan kichkina masjid. U 1993 yilda masjid maqomini olgan.

Ko‘pgina masjidlarda imomlar doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatadi. Sayyohlik yaxshi rivojlangan shimoliy-sharqiy sohilda 1995 yilda Faxardo shahrida oltin va ko‘k gullar bilan bezatilgan gumbazli masjid qurilgan. Masjidda 50 erkak va 15 ayol namoz o‘qishi uchun mo‘ljallangan va u asosan Ramazon oyida ishlaydi. Pons kurort shahrida 1997 yilda ochilgan va 200 erkak va 30 ayol ibodat qilishi mumkin bo‘lgan masjid bor. Yana bir masjid 2002 yilda orolning g‘arbiy qismida Aguadilla shahrida qurilgan va bu masjid 50 kishiga mo‘ljallangan.

Odatda juma namozida faoliyat ko‘rsatadi.

Orolning eng faol masjidlaridan biri 2007 yilda Montechiyedrada qurilgan. U San-Xuanning janubiy qismida joylashgan bo‘lib, 400 erkak va 50 ayol ibodat qilishi uchun mo‘ljallangan. Bu masjid qoshida Al-Nur maktabi faolit qo‘rsatadi, u yerda bolalar dam olish kunlari islom va arab tillarini o‘rganadilar. Masjid har oyda barbekyu, lager sayohatlarini, Ramazon oyida esa iftorlik tadbirlarini uyushtiradi.

Hozirda bu hududlarda musulmonlarning ko‘pchiligini ayollar tashkil qiladi. 

To‘qqizinchi masjid 2011 yilda San-Xuanning sharqiy chekkasida, shuningdek sayyohlik va hordiq chiqarish markazi bo‘lgan Loise shahrida tashkil yetilgan. U 20 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, boshqa masjidlar singari unchalik taniqli emas.

Karib dengizida Islom yaxshi tanilgan emas. Hozirgi vaqtda u uyg‘onish jarayonida. Aytish mumkinki, Islomni qabul qilgan zamonaviy Puerto-Rikaliklar ilgari qabul qilingan va keyin ota-bobolari tomonidan unutilgan dinga qaytmoqdalar. Hozirda Puerto-Rikoda Falastin, Pokiston, Misr va boshqa jamoalar mavjud bo‘lsa-da,  Karib dengizidagi yangi musulmon jamoalari doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Shu tufayli, Dagva (Islomiy da’vat) Ispan tilida so‘zlashuvchilar jamoasiga butun orol bo‘ylab olib borilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar tufayli Islom ko‘pgina ispan tilli aholi tomonidan qabul qilindi. Ijtimoiy tarmoqlar asta-sekin mahalliy aholini Islom to‘g‘risida xabardor qilib bormoqda va shu bilan birga Islomofobiya g‘oyasiga qarshi kurashmoqda.

Hamid Sodiq (Internet materiallari asosida)

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!