Pskom, Norin, To‘palang daryolarida GES quriladi

Pskom, Norin, To‘palang daryolarida GES quriladi

Pskom, Norin, To‘palang daryolarida GES barpo etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan uchrashuvda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda bu yil “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan kamida 7 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqarilishi ma’lum qilindi.

Mutasaddilarga Pskom, Norin, To‘palang daryolarida aniqlangan maydonlarda 36 ta o‘rta va yirik gidro elektr stansiyalarni loyihalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, xususiy sektor ishtirokida 9 Megavattli 26 ta mikro GES barpo etiladi.

“Katta Andijon” kanalida 23 Megavattli 3 ta hamda To‘palang daryosida 16 Megavattli bitta GES qurish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!