Priyanka Chopra 28 haftalik tug‘ilgan qizining hayotini qanday saqlab qoldi?

Priyanka Chopra 28 haftalik tug‘ilgan qizining hayotini qanday saqlab qoldi?

Bollivudning taniqli aktrisasi Priyanka Chopra Britaniyaning Vogue jurnali fevral sonining qahramoniga aylandi. Kadrlardan birida aktrisa qizi Melti Meri bilan ko‘rinish berdi. Jurnalistlar bilan suhbatda aktrisa birinchi marta qizi haqida ochiq gapirdi, deb yozadi People Talk.

«U tug‘ilganida men ham operasiya xonasida edim. U juda mitti, hatto qo‘limdan ham kichikroq edi, deydi Priyanka o‘z intervyusida. — Men reanimasiyada hamshiralar qanday harakat qilayotganini ko‘rdim. Ular qo‘ldan kelgan barchasini qildi. Nik va men bolani intubasiya (nafas yo‘li to‘silib qolganda ulanadigan maxsus naycha) qilganda o‘sha yerda turgan edik. Qanday qilib ular intubasiya qilish zarurligini (uning kichkina tanasida) aniqlashganini bilmayman. Biz o‘sha kunlarni uni hali mening, hali turmush o‘rtog‘imning ko‘ksiga qo‘yib o‘tkazdik. U yashab ketadimi yoki yo‘q, bilmasdim».

Shuningdek, u farzandli bo‘lish uchun surrogat onaga murojaat qilish qarorini tanqid qilganlarga ham javob qaytardi. «Siz meni bilmaysiz, — deydi u javoban. — Siz nimalarni boshdan kechirganimni xayolingizga ham keltirmaysiz. Mening yoki qizimning kasallik tarixini oshkor qilishni istamasligim sizga sabablar o‘ylab topish huquqini bermaydi».

Ma’lumot uchun, Priyanka Chopra va uning turmush o‘rtog‘i Nik Jonasning qizi surrogat onaning yordami bilan 28 haftalikda dunyoga kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!