Prezident topshirig‘i amalda: 100 nafar tozalik posboni farzandlarining kontrakt to‘lovi to‘lab berildi

Prezident topshirig‘i amalda: 100 nafar tozalik posboni farzandlarining kontrakt to‘lovi to‘lab berildi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan mahallalar, ko‘chalarimizni toza-ozoda va obod saqlovchi respublika bo‘yicha jami 100 nafar “Tabiat uyg‘unligi himoyachilari”ga farzandlarining umumiy qiymati 916 mln 718 ming so‘m miqdoridagi kontrakt to‘lovlari qoplab berildi.

Shu munosabat bilan, 30 dekabr kuni qo‘mita raisi maslahatchisi hamda agentlik direktori Sharifbek Hasanov ishtirokida Toshkent shahridagi tanlov g‘oliblari xonadonlarida bo‘lib, maxsus sertifikatlar topshirildi.

Xabaringiz bor, avvalroq hududlardagi sanitar tozalash korxonalari hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalik posbonlarini moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” tanlovi o‘tkazilishi haqida e’lon bergan edik. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-avgustdagi “Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 514-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan.

“Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” tanlovida sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi ko‘p yillar davomida sadoqatli mehnat qilgan xodimlari qatnashishdi.

Tanlovda qatnashish uchun Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligiga info@sanitation.uz elektron pochta manzili hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi agentligi hamda Toshkent shahri va viloyatlardagi boshqarmalari orqali jami 182 ariza kelib tushdi. Shundan so‘ng, arizalar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri)ning tegishli buyrug‘i bilan tuzilgan komissiya ishtirokida nizom talablari asosida shaffof va adolatli ko‘rib chiqilib, baholandi va 100 nafar munosiblari saralab olindi. “Yangi yil” bayrami arafasida g‘oliblarning davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan farzandlariga agentlikning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi.

Bular:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 19 nafar xodimga jami 157 493 mln so‘m miqdorida;

  • Andijon viloyatidan 6 nafar xodimga jami 61 951 mln so‘m miqdorida;

  • Buxoro viloyatidan 7 nafar xodimga jami 65 809 mln so‘m miqdorida;

  • Jizzax viloyatidan 8 nafar xodimga jami 77 603 mln so‘m miqdorida;

  • Qashqadaryo viloyatidan 8 nafar xodimga jami 73 828,5 mln so‘m miqdorida;

  • Navoiy viloyatidan 9 nafar xodimga jami 81 912,5 mln so‘m miqdorida;

  • Namangan viloyatidan 5 nafar xodimga jami 44 750 mln so‘m miqdorida;

  • Samarqand viloyatidan 2 nafar xodimga jami 20 983 mln so‘m miqdorida;

  • Sirdaryo viloyatidan 1 nafar xodimga jami 8 623 mln so‘m miqdorida;

  • Surxondaryo viloyatidan 3 nafar xodimga jami 23 910 mln so‘m miqdorida;

  • Toshkent viloyatidan 5 nafar xodimga jami 39 946 mln so‘m miqdorida;

  • Farg‘ona viloyatidan 3 nafar xodimga jami 24 173 mln so‘m miqdorida;

  • Xorazm viloyatidan 2 nafar xodimga jami 20 888,4 mln so‘m miqdorida;

  • Toshkent shahridan 22 nafar xodimga jami 215 347,4 mln so‘m miqdorida.

Bu kabi tanlovlardan ko‘zlangan maqsad avvalo inson qadrini yanada ulug‘lashdir. Shu bilan birga, uzoq yillar davomida tozalik va obodonchilik yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan soha xodimlarini e’zozlash, ularning oila a’zolari uchun qulay imkoniyatlar yaratish barobarida farzandlarining Vatan ravnaqi yo‘lida munosib xizmat qiladigan ilmli, ziyoli kadr bo‘lib yetishishiga zamin yaratish orqali “Ijtimoiy lift” tamoyilini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Afrikada o‘zini "payg‘ambar" deb atayotgan shaxs qurgan kema atrofida o‘n minglab odam to‘plandi

У одамларга бугун дунё бўйлаб глобал тўфон бўлишини ваъда қилган.

Maktab va kollej bitiruvchilari 1 yillik harbiy xizmatga jalb qilinadi

Дастур ҳарбий хизматга қабул қилиш ва кадрларни ушлаб қолиш билан боғлиқ муаммоларни ҳал этишга қаратилган.

O‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi

Ўқитувчи миллат келажагини шакллантиради, шифокор инсон саломатлиги ва ҳаётини ҳимоя қилади. Бироқ бугунги кунда уларга нисбатан қўпол муносабат, ҳурматсизлик, баъзан зўравонлик ҳолатларига кўп дуч келмоқдамиз.

"Toshkentda yolg‘on yong‘in bahonasida pul yig‘ib, mashina olgan qiz ustidan shikoyat kelib tushmadi"

Қайд этилишича, блогер билан профилактик суҳбат ўтказилган бўлиб, у ёнғин ҳақидаги видеоларни обуначилар сонини ошириш ва моддий манфаат олиш мақсадида жойлаганини тан олган.

Sobiq mudofaa vaziri prezident saroyiga bostirib kirishni uyushtirgani uchun hibsga olindi

Бу ҳақда мамлакат Давлат хавфсизлик хизмати (ДХХ) маълум қилди.

AZAL samolyoti qanday halokatga uchragani ma’lum bo‘ldi

Фожиа юз берганининг бир йиллиги муносабати билан жойлаштирилган оралиқ ҳисобот бир қатор экспертиза натижаларини ўз ичига олади.

Osiyoning eng qimmat himoyachilari reytingi yangilandi

Осиё қитъасидан бўлган энг қиммат марказий ҳимоячилар рейтинги янгиланди.

JCH-2026'ning eng qimmat terma jamoalari reytingi tuzildi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Goal Post саҳифаси 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган терма жамоаларнинг трансфер нархлари бўйича рейтинг тузиб чиқди.

Dunyoning “eng obro‘siz mamlakati” nomi aytildi

Тадқиқотда кўрсатилишича, нафақат ҳукуматга, балки Исроил фуқароларига бўлган салбий қарашлар ҳам кучайган, бунинг асосий сабаби Ғазо ва Қуддусдаги урушлар.

Indiyalik ko‘cha tozalaguvchilar Peterburgda qolishni istashmoqda

Индиядан келган кўча тозалагувчилар Петербургда ишлаб, Россияда қолишни хоҳлаётир. Улар «Ватанимизда шунча пул топиб бўлмайди» деб айтишмоқда.

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

Rossiyaning “taslim bo‘lish” taklifi haqida ma’lum qilindi

РИА Новости хабарига кўра, Россиянинг ЕХҲТ (YXHT)даги доимий вакили вазифасини бажарувчи Максим Буякевич Европа мамлакатларидан келаётган шундай чақириқлар ҳақида маълум қилди.

«Manchester Siti» Abduqodir Husanov bo‘yicha transfer masalasida qaror qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва «Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳозирча «шаҳарликлар»нинг трансфер режаларига кирмайди, деб хабар беради Sports.kz Allez Lens манбасига таянади.

Guliston shahridagi ovqatlanish shoxobchasida portlash ro‘y berdi (video)

Бу ҳақда вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси матбуот хизмати хабар бермоқда.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

AQSh Putin qarorgohiga uyushtirilgan hujum bo‘yicha razvedka ma’lumotlarini ko‘rib chiqadi

Бу ҳақда АҚШнинг НАТОдаги доимий вакили Мэтью Уитакер маълум қилди.

Zelenskiy Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari tafsilotlarini e’lon qildi

Зеленский бу ҳақда журналистларга маълум қилди.

Deyarli umid yo‘q: Ramzan Qodirovning o‘limi yaqinmi?

“Новая Газета Европа” манбасига кўра, Қодиров Путин раислигида ўтадиган Давлат кенгаши йиғилишида шахсан иштирок этишни режалаштирган ва шу мақсадда 24 декабр куни Москвага учиб келган. Бироқ 24 декабрдан 25 декабрга ўтар кечаси Қодировнинг аҳволи кескин ёмонлашган ва у реанимобил орқали Президент администрациясига қарашли Марказий клиник шифохонага етказилган.

Zelenskiy yana bir bor Putinning qarorgohiga uyushtirilgan hujumni yolg‘on dedi

Бу ҳақда Украина президенти онлайн режимда журналистлар саволларига жавоб бериш чоғида айтиб ўтди.

Erdo‘g‘on: Turkiya Somalining suverenitetini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi"

Эрдўғон бу ҳақда сомалилик ҳамкасби Ҳасан Шайх Маҳмуд билан икки томонлама учрашув якунлари бўйича ўтказилган қўшма матбуот анжуманида маълум қилган

Indoneziyada qariyalar uyidagi yong‘inda 16 kishi halok bo‘ldi

А. Хасибуаннинг сўзларига кўра, полиция воқеалар кетма-кетлигини ва ёнғиннинг дастлабки сабабини аниқлаш учун воқеа жойини текшириш ва гувоҳларни сўроқ қилишни ўз ичига олган терговни бошлади.

Indoneziyada qariyalar uyidagi yong‘in: 16 kishi halok bo‘ldi

Индонезиянинг Шимолий Сулавеси вилояти Манадо шаҳрида жойлашган қариялар уйида содир бўлган ёнғин оқибатида 16 киши ҳалок бўлди, яна 15 нафар жабрланувчи шифохонага ётқизилди.

2025 yilda Yevropada Rossiyaning gibrid hujumlari kamaydi, ammo 2026 yilda yana kuchayish ehtimoli bor

2025 йилда Европада Россияга нисбат берилган гибрид уруш амалиётлари сони 2024 йилга нисбатан камайди.

Qoraqalpog‘istonda ikki soliq xodimi qo‘lga olindi

Тадбиркорга нисбатан тамагирлик қилганлар қўлга олинди.

Navoiyda noqonuniy baliq ovlaganlar qariyb 700 mln jarima to‘ladi

Шу ҳудуднинг ўзида яна беш турга мансуб 417 та балиқ ноқонуний овланганлар ҳам аниқланди.

Toshkentda pirotexnika portlashi sabab yigit kaftidan ayrildi

Йигитга зудлик билан тез тиббий ёрдам кўрсатилиб, жарроҳлик амалиёти ўтказилган.

Yaponiyada 57 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH yuz berdi

Ҳалокат икки юк машинасининг тўқнашуви билан бошланган

Shifokorlar haftada kamida besh marta miriqib kulishni tavsiya qildi

У кулги иммунитетни мустаҳкамлайдиган қон ҳужайралари сонини кўпайтиришини аниқлади.

Yaponiyada katana bilan qurollangan shaxs zavod ishchilariga hujum qildi

Ҳужум оқибатида 15 нафар ходим жароҳат олган

Xitoy Tayvanga qurol sotgani uchun AQShga qarshi sanksiya joriy qildi

Хитой Ташқи ишлар вазирлиги Тайванга қурол сотишда айбланган 10 нафар шахс ва 20 нафар АҚШ мудофаа компаниясига қарши санкциялар жорий қилганини эълон қилди.

UNICEF: G‘azolik bolalar sulhga qaramay azob chekishda davom etmoqda

UNICEFнинг Фаластин бўйича вакили Казем Абу Халафнинг сўзларига кўра, Ғазо секторида ҳужумлар ва чекловлар давом этмоқда, натижада болалар азобланмоқда. Камига 19 бола совуқ об-ҳаво туфайли, яна 165 бола эса тўйиб овқатланмасликдан вафот этган.

Rossiya AQSh va Ukraina tomonidan taklif etilgan yangi tinchlik rejasini rad etishi mumkin — The New York Times

Нашрнинг ёзишича, Украина учун хавфсизлик кафолатлари ва мамлакатни тиклашни назарда тутувчи Киевнинг янгиланган режаси Москва томонидан "қабул қилиб бўлмас" деб ҳисобланмоқда.

Tramp ma’muriyati 80 ming migrantni omborlarda saqlashni rejalashtirmoqda — WP

The Washington Post хабарига кўра, Трамп маъмурияти ноқонуний мигрантларни депортация қилиш жараёнини тезлаштириш учун саноат омборларини вақтинчалик сақлаш жойларига айлантиришни режалаштирмоқда.

Pavel Durov 37 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun EKO xarajatlarini qoplashni taklif qildi

Бу ташаббус ижтимоий тармоқларда кенг муҳокамага сабаб бўлди.

Pensilvaniya shtatidagi qariyalar uyida portlash yuz berdi, qurbonlar bor

АҚШнинг Пенсильвания штатидаги Silver Lake қариялар уйида табиий газ портлаши оқибатида камида икки киши ҳалок бўлди.

Ukrainalik ayol Qozog‘istonga ekstradisiya qilindi — undan o‘zbekistonliklar ham jabrlangan

Инсон аъзолари савдосида гумон қилинаётган украиналик аёл Полшадан Қозоғистонга экстрадиция қилинди.

Kennedi markazi vakili nom o‘zgartirilgani uchun Trampni sudga berdi

АҚШнинг Огайо штатидан демократ конгрессмен Жойс Битти Вашингтондаги Кеннеди маркази номининг ўзгартирилгани муносабати билан президент Дональд Трамп ва унинг томонидан тайинланган бошқарув кенгаши аъзоларига қарши суд даъвосини киритди.

Olimlar ogohlantirmoqda: kelgusi urush hududlar uchun emas, inson miyasi uchun olib borilishi mumkin

Бу ҳақда Буюк Британиядаги Брэдфорд университети олимлари огоҳлантирмоқда.

Jahon bozorida kungaboqar yog‘i tanqisligi kuchaymoqda

Расмий маълумотларга кўра, жаҳон бозорида кунгабоқар ёғига нисбатан таклифлар кескин камайгани фонида тасқислик юзага келмоқда.

Tramp ma’muriyati 30 ga yaqin AQSh elchisini ishdan bo‘shatmoqda

Бу ҳақда The New York Times хабар берди.