Prezident Shavkat Mirziyoyev Quvasoy shahridagi «Art soft ceramics» korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Quvasoy shahridagi «Art soft ceramics» korxonasi faoliyati bilan tanishdi

2022 yil dekabrda ish boshlagan korxona yiliga qariyb 3 million kvadrat metr keramogranit mahsulotlar tayyorlash quvvatiga ega. Ayni paytda bu yerda 350 nafar ishchi va mutaxassis mehnat qilmoqda.

Mahalliylashtirish darajasi 100 foiz bo‘lgani bois tovarlar xorijnikidan ancha arzon narxlarda bozorga chiqarilmoqda. Shuningdek, ularning 35 foizi Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikistonga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari korxonada va umuman Quvasoy shahrida eksport ko‘rsatkichlarini oshirish muhimligini ta’kidladi. Buning uchun chet eldagi sanoat zonalari bilan hamkorlik o‘rnatish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!