Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yo‘nalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yo‘nalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda

Davlatimiz rahbari sohada erishilgan natijalarga to‘xtaldi.

Oxirgi 5 yilda elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish - 4,5 baravarga (4 trilliondan 17 trillion so‘mga), eksport – 5 baravarga (117 milliondan 563 million dollarga) oshdi.

Yil yakunigacha eksport 750 million dollardan oshishi kutilmoqda.

Eksportbop mahsulotlar soni 200 taga yetdi, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidagi 11 ta korxona ilk bor tashqi bozorga chiqdi.

Bugungi kunda sohada 1 milliard 200 million dollarlik 205 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Tarmoqda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni 2 baravarga, eksportni yanada oshirish reja qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!