Prezident Shavkat Mirziyoyev amaldorlar va taniqli biznesmenlarni taqdirladi. Kimga qanday mukofot nasib etdi?

A A A
Prezident Shavkat Mirziyoyev amaldorlar va taniqli biznesmenlarni taqdirladi. Kimga qanday mukofot nasib etdi?

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda "Daryo" xabar tarqatdi.

Mukofotlanganlar ro‘yxatida, jumladan, ko‘plab davlat amaldorlari, hokimlar va taniqli biznesmenlarni ko‘rish mumkin. Kimga qaysi mukofot nasib etdi?

Amaldorlar

O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurotov «El-yurt hurmati» ordeni bilan, O‘zbekiston Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan, bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov esa «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi Ravil Abduqodirov «El-yurt hurmati» ordeni bilan, bosh vazir maslahatchisi Abrol Vahobov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan, Davlat geologiya qo‘mitasi raisi Bobir Islomov va Davlatergeodezkadastr qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullayev «Do‘stlik» ordeni bilan bilan taqdirlangan. Shuningdek, Prezident Administrasiyasining olti nafar mas’ul xodimi «Sodiq xizmatlari uchun» medaliga loyiq ko‘rilgan.

O‘z navbatida, Milliy bank rahbari Alisher Mirsoatov va «O‘zbekipaksanoat» rahbari Bahrom Sharipov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan, «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Alisher Maqsudov va «Hududgazta’minot» kompaniyasi rahbari Bahodir Eshmurotov «Do‘stlik» ordeni bilan, «O‘zsanoatqurilishbank» rahbari Aziz Voitov va «O‘zbektelekom» bosh direktori Nazirjon Hasanov «Sodiq xizmatlari uchun» ordeni bilan muokoftlangan.

Hokimlar

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi» faxriy unvoni bilan, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev, Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.

Qiziltepa tumani hokimi Shabon Nabiyev «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan, Qo‘qon shahar hokimi Ma’ruf Usmonov esa «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan. Ellikqal’a tumani hokimi Seydamat Avezov, Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov, Dang‘ara tumani hokimi Saidmurod Aminjonov, Xovos tumani hokimi Rahimjon Boboyev, Shahrixon tumani hokimi Hikmatullo Dadaxonov, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Ergashev, Peshku tumani hokimi Amrillo Nazarov, Chust tumani hokimi Bahodir Oxunov, Qo‘shko‘pir tumani hokimi Jo‘rabek Rahimov, Urgut tumani hokimi Mamatjon Turdiyev, Bog‘ot tumani hokimi Oybek Xolboyev, Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov, Buxoro shahar hokimi Karim Kamolov, Namangan shahar hokimi Shavkat Abdurazzoqov, Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan mukofotlangan.

Mukofotlanganlar ro‘yxatida, shuningdek, bir qator viloyat, tuman va shahar hokimlarining o‘rinbosarlarini ham uchratish mumkin.

Elchilar

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov «Do‘stlik» ordeni bilan, mamlakatning Pokistondagi favqulodda va muxtor elchisi Furqat Sidiqov esa «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan. Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Adilbek Kaipbergenov ham «Do‘stlik» ordeni egasiga aylangan.

Biznes vakillari

O‘zbekistonda xokkey sportini ommalashtirishga mas’ul ishbilarmon, Eriell kompaniyalar guruhi boshqaruvi raisi Baxtiyor Fozilov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi. Samarqanddagi Sam Antep Gilam kompaniyasi direktori Kamol Abdulloyev, UzTex to‘qimachilik korxonalari guruhi direktorlar kengashi raisi Farhod Mamajonov, Golden House Development’ning 76 foiz aksiyasiga egalik qiluvchi Unique Trade Business kompaniyasi direktorii Payzullajon Mirzayev «Mehnat shuhrati» ordeni egasiga aylandi.

Agromir Group assosiasiyasi direktorlar kengashi raisi Shavkat Jalolov «Do‘stlik» ordeni, Craffers qandolatchilik kompaniyasi direktori Azizxon Amilov esa «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan. Shuningdek, ENTER Engineering kompaniyasi va To‘palang HPD kompaniyalarining ko‘plab xodimlari ham turli davlat mukofotlariga loyiq ko‘rilgan.

Ma’lumot uchun, yuqoridagilarning bari «Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, so‘nggi yillarda yurtimizda barcha sohalarda erishilayotgan ulkan yutuqlarga qo‘shgan munosib hissasi, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, ishlab chiqarish soha va tarmoqlarini zamon talablari asosida modernizasiya qilish, ilg‘or innovasion texnologiyalarni joriy etish, faol investisiya muhitini yaratish, eksport salohiyatini oshirish yo‘lidagi ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati, jamiyatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlaridagi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun» davlat faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Eron: yangi havo mudofaa tizimi bir nechta AQSh samolyotlarini urib tushirdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилишича, 3 апрель куни янги ҳаво мудофаа тизими АҚШ ва Исроилга тегишли ҳаво техникасига зарба берган.

Gvardiolaning yordamchisi: «Husanov shu qadar tezki...»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Bahodir Jalolov: “Erkak kishini ikki narsa sindiradi..."

Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.

The Athletic JCH-2026 ishtirokchilari reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Нуфузли The Athletic нашри 2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган 48 та терма жамоани имкониятларига қараб 48 та ўринга қўйиб чиқди.

Jizzaxda ayanchli YTH: 5 kishi halok bo‘ldi

ЙТҲ оқибатида ҳар икки машина ҳайдовчиси, шунингдек, Nexia машинасида йўловчи сифатида кетаётган Хитой давлатининг 54 ёшли фуқароси воқеа жойида ҳалок бўлган.

Диний суд талқинига кўра, улар оммавий қотилликларни режалаштирган.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming AQSh dollar pora qo‘lga olindi

И.Б. Исманов 2022–2025 йилларда Андижон вилояти ИИБ бошлиғининг ўринбосари – Жамоат хавфсизлиги хизмати бошлиғи лавозимини ишлаган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.