Prezident polisiyaga niqob taqmaganlarni qo‘lga olishni buyurdi

Prezident polisiyaga niqob taqmaganlarni qo‘lga olishni buyurdi

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte polisiyaga niqob taqmaganlarni qo‘lga olishni buyurdi.

"Polisiyaga niqob taqmaganlarni qo‘lga olish va ular nima uchun bunday qilayotganini aniqlash topshirig‘ini berdim", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Osiyodagi OAV.

Xususan, niqobni noto‘g‘ri taqqanlar – og‘iz-burnini berkitmasdan jag‘iga tushirib olganlar ham polisiya tomonidan ushlanadi.

"Bu mamlakatimiz manfaati, boshqalarga kasallik yuqtirmasligingiz va o‘zingizga ham kasallik yuqmasligi uchun", - degan Duterte.

Pandemiya boshlanganidan buyon Filippinda 1 mln nafardan ortiq inson koronavirus yuqtirgan, 17 mingdan ortiq bemor vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!