Prezident pensiya tayinlashni soddalashtirish bo‘yicha yana bir qarorni imzoladi

Prezident pensiya tayinlashni soddalashtirish bo‘yicha yana bir qarorni imzoladi

Pensiya tayinlash jarayoni soddalashtiriladi. Bu bo‘yicha tegishli qaror prezident tomonidan imzolangan. Unga ko‘ra:

2022 yil 1 iyuldan boshlab:

- mehnat staji, ish haqi, oliygohda o‘qiganligi va harbiy xizmat davri ma’lumotlari Pensiya jamg‘armasining dasturiy ta’minoti bilan bog‘langan holda «Yagona mehnat milliy tizimi» orqali elektron tarzda olinadi;

- davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliygohda o‘qiganligi hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi;

- davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki ID-karta talab etiladi.

2022 yil 1 yanvardan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni aholiga yetkazib berish har 3 yilda hududlarda alohida tender asosida tanlangan tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!