Prezident maktablarida «Maktab maslahatchisi» lavozimi joriy etiladi

Prezident maktablarida «Maktab maslahatchisi» lavozimi joriy etiladi

✔️“Maktab maslahatchisi” - “School Counselor” dasturi va uni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilib, 2021-2022-o‘quv yilidan Prezident maktablarida joriy qilinmoqda.

📎 Mazkur dastur quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:

👉 ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha individual maslahatlar berish;
👉 dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish;
👉 oliygohlarga hujjat topshirish va ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha kerakli tavsiyalarni berish;
👉 ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblar bilan tanishtirish va ularga yo‘naltirish.

📈 Maktab maslahatchisining vazifalari:

👉 sohada muvaffaqiyatga erishgan kasb egalari bilan mahorat darslari, uchrashuvlar tashkil etish;
👉 ta’lim iste’molchilari qiziqish bildirgan sohalari bo‘yicha amaliy ekskursiya va tanishuv turlarini amalga oshirish;
👉 maktab psixologi bilan hamkorlikda o‘quvchilar yoshi, psixofiziologik xususiyati, qobiliyati va iqtidoriga ko‘ra hayotda o‘z yo‘nalishini to‘g‘ri tanlay olishiga ko‘maklashish;
👉 Prezident maktabi o‘quvchilarida milliy va an’anaviy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat, iftixorni rivojlantirish maqsadida maktabda IT, kichik tadqiqotchilik, milliy hunarmandchilik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish va ularni samarali amalga oshirishdan iborat.

✔️Mazkur dastur muvaffaqiyatli o‘tgach, ijobiy tajriba umumta’lim maktablariga translyasiya qilinishi ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!