Prezident bugun Bekobod shahriga boradi

Prezident bugun Bekobod shahriga boradi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari u yerda metallurgiya tarmog‘ining ishlab chiqarish quvvatlarida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechiradi, soha xodimlari va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari qator ijtimoiy soha ob’ektlariga tashrif buyuradi, bekobodliklar bilan muloqot qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!