Portugaliya terma jamoasi tarixidagi eng katta 10 ta mojaroning to‘rttasida hujumchi Krishtianu Ronaldu ishtirok etgan.
"An-Nasr"ning 41 yoshli hujumchisi kecha bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab milliy terma jamoa qarorgohini tark etdi.
Portugaliyaning kundalik sport nashri A Bola kechagi voqeadan tashqari, mamlakat terma jamoasi tarixidagi eng katta 10 ta mojaro ro‘yxatini tuzdi.
JCH-2022 doirasida Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda (1:2) bosh murabbiy Fernandu Santush Ronalduni 66-daqiqada almashtirdi. Maydonni tark etayotgan futbolchi: "U meni tezroq maydondan chiqarishni juda xohlayapti", dedi. Uchrashuvdan keyin Santush hujumchining xatti-harakatlari haqida: "Bu menga umuman yoqmadi", deya fikr bildirdi. Keyingi Shveysariyaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda Gonsalu Ramush maydonga tushdi va xet-trik qayd etdi. Portugaliya 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
JCH-2022 saralash bosqichida Serbiyaga qarshi uchrashuvda Ronaldu gol urdi, ammo hakam to‘p darvoza chizig‘ini to‘liq kesib o‘tmagan deb hisobladi. O‘yinda VAR tizimi bo‘lmagani uchun qaror o‘zgarishsiz qoldi. Bundan qattiq g‘azablangan Krishtianu sardorlik bog‘ichini yerga uloqtirdi.
Evro-2016 vaqtida Ronaldu CMTV telekanali jurnalistining qo‘lidan mikrofonni tortib olib, uni ko‘lga uloqtirgan video ijtimoiy tarmoqlarda juda ommalashdi. Hodisa Vengriyaga qarshi o‘yin kuni terma jamoa futbolchilari sayrga chiqqan paytda sodir bo‘lgan.
Karlush Keyrush boshqargan Portugaliya terma jamoasi JCH-2010 nimchorak finalida Ispaniyaga 0:1 hisobida yutqazib, musobaqani tark etdi. O‘yindan keyin mikst-zonada Ronaldudan mag‘lubiyat sababini tushuntirish so‘ralganda, u: "Men tushuntirishimni xohlaysizmi? Karlush Keyrush bilan gaplashing", deb javob berdi.
Himoyachi Rikardu Karvalyu 2011 yilda bosh murabbiy Paulu Bentu uning o‘rniga Brunu Alveshni asosiy tarkibda maydonga tushirishga qaror qilgach, Portugaliya terma jamoasi yig‘inini tark etdi. Karvalyu o‘z xohishi bilan ketgan, ammo keyinchalik bu qaroridan afsuslangan.
2009 yilda Serjiu Konseysau Portugaliya futbol federasiyasining sobiq prezidenti Jilbertu Madailni keskin tanqid qilgan: "Doktor Axlatmadail 2002 yilgi jahon chempionatidagi fojeadan keyin jahon chempioni Skolarining ortiga yashirindi".
Portugaliya Yevro-2008 saralash bosqichida Serbiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvdan keyin bosh murabbiy Luis Felipe Skolari serbiyalik futbolchi Ivisa Dragutinovichni urishga urindi. Keyinchalik murabbiy bu harakatini "Rikardu Kuarejmani himoya qilish" uchun qilganini aytdi.
Daniel Kenedi JCH-2002 arafasida Portugaliya terma jamoasi bilan Makaoda mashg‘ulot o‘tayotgan edi. Ammo doping-sinovi ijobiy natija bergach, u Portugaliyaga qaytishga majbur bo‘ldi.
1997 yilda Rikardu Sa Pintu Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘yin uchun tarkibga kiritilmaganidan so‘ng, milliy terma jamoa mashg‘ulot o‘tkazadigan "Jamor" stadionida bosh murabbiy Artur Jorjeni urdi.
1986 yilgi jahon chempionati vaqtida Portugaliya terma jamoasi futbolchilari yig‘indagi yomon sharoitlar sabab isyon ko‘tarishdi. U yerda futbolchilar uchun shaxsiy hudud deyarli yo‘q edi, mashg‘ulot maydoni esa qiya holatda bo‘lgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Бухоро вилояти ИИБ матбуот хизмати раҳбари Улуғбек Шукурлаев ҳам блогернинг ўзи шаҳарга бормагани, у ерга фақат тасвирга олиш гуруҳи келганини маълум қилди
Ўзбекистонда уч нафар қизи бор оилада яна тўрт нафар ўғил фарзанд дунёга келиши кутилмоқда. Оилада ўғил фарзанд кўришни орзу қилган ота-она учун бу кутилмаган янгилик бўлди.
«Ан-Наср» ва Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду ОФК Чемпионлар лигаси Ғарбий минтақаси 2-туридан ўрин олган «Нефтчи»га қарши учрашувдаги ғалабадан сўнг ўз саҳифасида пост қолдирди.
АҚШ президентининг Украина бўйича собиқ махсус вакили, шунингдек, Россия ва Украина ўртасидаги урушда ташаббус Москва томонига ўтаётгани ҳақидаги фикрга ҳам қўшилмади.
2026 йил охирига келиб Brent, Dubai Fateh ва WTI, каби нефтнинг энг машҳур навларнинг нархлари 1 баррель учун ўртача 95,74 долларга етади, дейилади Халқаро валюта жамғармаси хабарида.
Украина президенти Владимир Зеленскийнинг айтишича, 12 октябр куни Киевга Россия томонидан баллистик ракеталар билан ҳужум қилинганидан олдин халқаро ҳамкорлардан огоҳлантириш келмаган.
Украина Президенти Владимир Зеленский Россиянинг Яндекс компанияси маълумотлар марказларига берилган зарбалар ижтимоий тармоқлардаги кайфиятга таъсири ҳақида фикр билдирган.