Polshaning Gdiniya port shahriga 800 dona Amerika harbiy texnikasi yetib keldi

Polshaning Gdiniya port shahriga 800 dona Amerika harbiy texnikasi yetib keldi

O‘tgan dam olish kunlari Polshaning Gdiniya port shahriga 800 ta Amerika harbiy texnikasi, jumladan, tanklar yetib keldi, deb yozadi Euroactiv.

Boltiqbo‘yi konteyner terminalining tijorat direktori Mixal Kujaychikning so‘zlariga ko‘ra, bunday uskunani tashish 2018 yildan beri davom etmoqda, hozirda “Polshada qo‘llaniladigan uskunalar yetib keldi”.

Polish News xabariga ko‘ra, 1-piyoda diviziyasining texnikasi va amerikalik askarlari yaqin to‘qqiz oy davomida “Atlantika qarori” operasiyasi doirasida Polshada joylashtiriladi, shundan so‘ng ular boshqa harbiylar bilan almashtiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!