Polshada armiyadagi xizmatga qiziqish ortmoqda

Polshada armiyadagi xizmatga qiziqish ortmoqda

Rossiyaning Ukrainadagi keng ko‘lamli harbiy harakatlari fonida Polshada fuqarolarning armiyada xizmat qilishga qiziqishi ortdi. 2022 yilda mamlakat Qurolli kuchlari 13 742 nafar yangi xizmatchini yollash imkoniyatiga ega bo‘ldi - bu 2008 yilda Polshada majburiy harbiy xizmat bekor qilinganidan beri rekord ko‘rsatkichdir, dedi 28 yanvar kuni mudofaa vaziri Mariush Blashchak.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yil boshida Polsha Qurolli kuchlarida 164 ming askar, shu jumladan, 36 ming ko‘ngilli hududiy mudofaa bo‘linmalari a’zolari bor.

Varshava kelgusi yillarda 250 minggacha professional askarlar va 50 000 ga yaqin hududiy mudofaa bo‘linmalari ko‘ngillilari ga yetishiga ishonmoqda. Polshada 2022 yilning kuzidan boshlab hamma uchun bir kunlik boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik kurslari o‘tkazilmoqda.

Bungacha Polsha Seymi Rossiya Federasiyasini terrorizmning homiysi deb tan olgan va Polsha Yaqin Sharqdan noqonuniy muhojirlar oqimiga qarshi kurashish maqsadida Kaliningrad viloyati bilan chegarada sim to‘siq o‘rnatgan edi.

Bundan tashqari, 2022 yilda Polsha Janubiy Koreya bilan har xil turdagi qurollarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi, bu Seulning tarixdagi eng yirik harbiy eksport bitimiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!