Polsha va O‘zbekiston o‘rtasidagi akademik hamkorlik faollashmoqda

Polsha va O‘zbekiston o‘rtasidagi akademik hamkorlik faollashmoqda

O‘zbekiston elchixonasi vakillari Varshava moliya va biznes akademiyasi (Vistula universiteti) rektori Vavjines Konarski bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda o‘zbekistonlik talabalarning akademiyada amaliyot o‘tashini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Bundan tashqari, Vistula universitetda tahsil olayotgan vatandoshlar bilan bog‘liq vaziyatga alohida to‘xtalib o‘tildi. Diplomatik vakolatxona tomonidan universitetda tahsil olayotgan hamyurtlarga qaratilayotgan e’tibor alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan akademik aloqalar o‘rnatish hamda qo‘shma tadbirlar o‘tkazishga qiziqish bildirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!