Polsha matbuoti “Rossiyaning josuslik tarmog‘i” yo‘q qilingani haqida xabar tarqatdi

Polsha matbuoti “Rossiyaning josuslik tarmog‘i” yo‘q qilingani haqida xabar tarqatdi

Polshaning RMF FM radiostansiyasi qo‘poruvchilikni amalga oshirmoqchi bo‘lgan Rossiyaning josuslik tarmog‘i yo‘q qilingani haqida xabar tarqatdi, deb yozmoqda RIA Novosti agentligi.

“Polsha maxsus xizmati Rossiyaga xizmat qilayotgan josuslik tarmog‘i faoliyatiga chek qo‘ydi. Mazkur guruh mamlakatimiz hududida qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rishi kerak bo‘lgan”, – deyiladi xabarda.

Radiostansiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, josuslar temir yo‘l yo‘nalishlarida videokameralar o‘rnatgan. "Josuslar muhim yo‘nalishlarda va temir yo‘l bog‘lamalarida kameralarni yashirincha o‘rnatgan. Ular transport harakatlarini qayd qilib borgan va tarmoqqa uzatgan.

Ta’kidlanishicha, bu yerda gap asosan Podkarpat voyevodasidagi yo‘nalishlaridagi uchastkalar hamda Yasenka aeroporti atrofi haqida bormoqda. Bu hudud g‘arb qurol-aslahalarini Ukrainaga jo‘natishda asosiy bo‘g‘in hisoblanadi.

Radiostansiya bergan xabarda aytilishicha, ushbu ish yuzasidan 6 nafar xorijlik fuqaro qo‘lga olingan, ular Rossiya maxsus xizmati topshirig‘iga ko‘ra harakat qilgan.

Shuningdek, mamlakat maxsus xizmati va polisiya xodimlari yuqori tayyorgarlik holatiga keltirildi, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!