Pokistonda afg‘on noqonuniy muhojirlariga qarshi yangi reyd boshlandi

Pokistonda afg‘on noqonuniy muhojirlariga qarshi yangi reyd boshlandi

Tolibon nazoratidagi Afg‘oniston elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Islomobod va Ravalpindi shaharlarida 250 ga yaqin afg‘on fuqarosi hibsga olingan, ular orasida Pokistonda qolish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari borlar ham bor. Diplomatlar mamlakat rasmiylarini hibsga olishni to‘xtatishga chaqirmoqda va mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Tolibon tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi o‘rinbosari Ziyo Ahmad Takal ham Pokiston rasmiylariga muhojirlarni hibsga olishni bas qilishni so‘rab murojaat qilgan.

Kuni kecha Pokiston Sind viloyatidagi qamoqxonalardan uylariga qaytgan yana 25 nafar afg‘on noqonuniy muhojirni ozod qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!