Pokiston jurnalistlari rahbari OAVni tinchlikni targ‘ib qilishga chaqirmoqda

Pokiston jurnalistlari rahbari OAVni tinchlikni targ‘ib qilishga chaqirmoqda

Pokiston Jurnalistlar federasiyasi bosh kotibi Azim Rana Muhammad ommaviy axborot vositalari xodimlarini dunyodagi zo‘ravonlik, nafrat va tartibsizlikni kamaytirish yo‘lida mintaqalar, turli jamoalar o‘rtasida tinchlik-totuvlikni targ‘ib qilishdek muhim vazifani zimmasiga olishga chaqirdi. Bu haqda Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi “UNA-OIC” ma’lum qildi.

Azim Rana Muhammad Saudiya Arabistoni Qirolligi Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan “Ommaviy axborot vositalarida nafrat va zo‘ravonlik tarqalishi avj olishini kamaytirish” xalqaro forumi doirasida “Nafrat nutqi va ekstremizmga qarshi kurashda din va ommaviy axborot vositalari ittifoqi” mavzusida o‘tkazilgan to‘rtinchi sessiyada ishtirok etib, Falastindagi jurnalistlar hayoti bilan bog‘liq yo‘qotishni kamaytirish uchun ularni xalqaro ommaviy axborot vositalari qo‘llab-quvvatlashi kerakligini aytib o‘tdi.

OAV biznes yuritish va daromad topish huquqiga egaligini aytib o‘tgan Azim, ularning asosiy burchi xolis bo‘lish ekanini urg‘uladi, bu tinchlik, xalqlar o‘rtasidagi kelishmovchilikka barham berish va odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishda asosiy omil ekani haqida so‘z yuritdi.

U jurnalistlarni “tinchlik vakili” deb atab, tinchlik jurnalistikaning asl mohiyati ekaniga e’tibor qaratib, Jahon musulmonlari ligasi, Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatlari axborot agentliklari ittifoqi, Xalqaro Jurnalistlar federasiyasi hamkorligida seminar, munozara va o‘quv kurslari orqali dunyoda tinchlik o‘rnatish g‘oyasini ilgari surishga chaqirdi. Jurnalistika tinchlik va tenglik tarafdori sifatida jamiyatdagi adolatsizlik va nafrat unsurini yo‘q qiladigan kuchli xabarchi ekanini aytib, jurnalistikada diniy qarama-qarshilikdan xoli bo‘lishi, nafratga barham berishi, tinchlik xabarini tarqatishi va insoniylikni targ‘ib qilishi zarurligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!