Pentagon Oq uyning Ukrainaga MQ-1C Grey Eagle hujumchi dronlarini yetkazib berish rejasini to‘xtatdi

 Pentagon Oq uyning Ukrainaga MQ-1C Grey Eagle hujumchi dronlarini yetkazib berish rejasini to‘xtatdi

Jo Bayden ma’muriyatining Ukrainaga to‘rtta yirik hujumchi dronlarni sotish rejasi bu murakkab kuzatuv uskunalari dushman qo‘liga tushishi mumkinligidan qo‘rqib, to‘xtatib qo‘yildi, deya xabar bermoqda Reuters manbalarga tayanib.

Pentagonning Mudofaa texnologiyalari xavfsizligi boshqarmasi Oq uy tomonidan tasdiqlangan rejani rad etdi, dedi agentlikning uch suhbatdoshi.

Ukrainaga Hellfire raketalari bilan qurollanishi mumkin bo‘lgan to‘rtta MQ-1C Grey Eagle dronlarini sotish rejasi haqida iyun oyi boshida xabar berilgan edi.

Dronlarni eksport qilish bo‘yicha e’tirozlar radar va kuzatuv uskunalari Rossiya qo‘liga tushib qolsa, Amerika Qo‘shma Shtatlari xavfsizligiga xavf tug‘dirishi mumkinligi haqidagi xavotirlar tufayli yuzaga kelgan.

Manbalarning ta’kidlashicha, bu mulohaza dastlabki muhokamada e’tibordan chetda qolgan, ammo o‘tgan hafta oxirida Pentagonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda yana takrorlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!