Tovar va xizmatlar iste’mol narxlari indeksi darajasini hisobga olgan holda pensiyalar indeksasiya qilinishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularning ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Hujjat "Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni ijro etish, shuningdek fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida qabul qilindi.
Bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagilarga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:
pensiyalarni tayinlash va to‘lash tartib-taomillarini raqamlashtirish hisobiga ortiqcha byurokratik yukni bartaraf etish;
pensiya tayinlanganligi to‘g‘risidagi qog‘oz ma’lumotnomani berish bekor qilinishi munosabati bilan ma’lumotlarni maxsus axborot tizimi orqali elektron tarzda shakllantirish;
tovar va xizmatlar iste’mol narxlari indeksi darajasini hisobga olgan holda pensiyalarni indeksasiya qilish;
ma’muriy islohot asosida vazirlik va idoralar nomlari hamda majburiyatlariga o‘zgartirishlar kiritish.
Hujjat bilan quyidagilarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Санкциялар Россиядан олиб ташланиши ва АҚШга ўтказилиши керак, чунки Нью-Йоркдан фарқли ўлароқ, Москвада санкциялар остида ўнлаб метро станциялари очилди . Ирландиялик журналист Чей Боуз Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида шундай таклиф билан чиқди.
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
Украина Миллий хавфсизлик ва мудофаа кенгаши қошидаги дезинформацияга қарши кураш маркази раҳбари Андрей Коваленко Россия Федерациясининг 810-денгиз пиёдалари бригадасига “муваффақиятли зарба” берилганини эълон қилди.
Financial Times газетасининг хабар беришича, Россия ҳарбийлари уруш бошланган тақдирда Япония ва Жанубий Кореядаги 160 та обектни ўз ичига олган нишонлар рўйхатини ишлаб чиққан.
Ички ишлар вазирлигининг дастлабки маълумотларига кўра, 2024 йилда 36 816 киши бўғозни кесиб ўтган, бу 2023 йилда келган 29 437 кишидан 25 фоизга кўп. Бироқ, уларнинг умумий сони 2022 йилда қайд этилган рекорд 45 774 кишидан 20 фоизга кам.
Европа Иттифоқи ва НАТО аъзоси Словакия ва унинг бош вазири Роберт Фитсо Украина ва унинг президенти Владимир Зеленский билан Россия газининг Украина орқали транзитининг тўхташи юзасидан тўқнаш келишди.
“АҚШ Халқаро тараққиёт агентлиги ва Давлат департаменти билан келишилган ҳолда биз 3,4 миллиард доллар ажратмоқдамиз”, деди Еллен, АҚШ молия вазирлиги.