Pekin JSTdan nizolarni hal qilish bo‘yicha maslahatlashuvlar boshlashni so‘radi
Pekin YEI tomonidan Xitoy elektromobillarining ayrim toifalariga bojxona to‘lovlari joriy etilishi tufayli JSTdan nizolarni hal qilish bo‘yicha maslahatlashuvlar boshlashni so‘radi.
Tegishli xabar Jahon savdo tashkilotining veb-saytida e’lon qilindi.
4 iyul kuni Yevropa Ittifoqi Xitoydan elektromobillar importi uchun 17,4 foizdan 37,6 foizgacha bojxona to‘lovlarini joriy qilgan edi.
Evrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, bu tariflar 9 oy davom etgan “noqonuniy subsidiyalar” ga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra qo‘llanilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)