Payg‘ambarimiz qaysi ko‘ngilxushliklarga izn berganlar?

A A A
Payg‘ambarimiz qaysi ko‘ngilxushliklarga izn berganlar?

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ayollariga ko‘ngilxushlik qilishlariga, muboh hisoblangan dilxushliklarga ruxsat berar edilar.

Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: “... Iyd kuni bir habash charm qalqon va nayza bilan o‘ynayotgan edi. Rasululloh menga: “Qo‘rishni hohlaysanmi?”  dedilar. “Ha”, dedim. Shunda meni orqalariga turg‘izdilar. Mening yuzim u zotning yuzlariga tegib turar edi. Ularga: “Yanada go‘zalroq qilinglar, ey Banu Arfida”, dedilar. Malollangan paytim: “Kifoya qiladimi?”, dedilar. “Ha”, dedim. U zot: “Unda ket”, dedilar” (Muttafaqun alayh).

Payg‘ambarimiz hayitdan boshqa kunlarda ham ahllariga muboh ko‘ngilxushliklarni ko‘rishlariga rozi bo‘lganlar. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) o‘tirgan edilar. Bas, shovqin va bolalar ovozini eshitdik. U zot (sollallohu alayhi va sallam) o‘rinlaridan turdilar. Bir ayol raqsga tushar, uning atrofida bolalar bor edi. “Ey Oisha! Kel, qaraysan”, dedilar. Kelib, iyagimni u zotning yelkalariga qo‘yib u ayolning raqsini tomosha qildim. Bir payt: “To‘ydingmi? To‘ydingmi?” deb so‘radilar. Men Rasululloh (alayhissalom)ning huzuridagi martabamni bilish uchun “Yo‘q”, deb javob berdim. To‘satdan Umar (roziyallohu anhu) kelib qoldi. Insonlar u ayolning oldidan tarqalib ketishdi. Rasululloh: “Albatta, men inson va jinlardan bo‘lgan shaytonlarning Umardan qochganini ko‘ryapman”, dedilar. Oisha (roziyallohu anho) aytadi: “Keyin men qaytdim” (Imom Termiziy rivoyati).

Rasululloh iyd kunida ahlini joriyadan muboh qo‘shiqlarni eshitishlariga iqror qilishlari

Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) fitr yoki azho kuni oldimga kirdilar. Huzurimda ansor qizlaridan ikkitasi Buos qo‘shiqlarini aytishar edi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)to‘shakka yotib yuzlarini burdilar. Abu Bakr (roziyallohu anhu) kirib: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning huzurida shaytonning nayi?!”, deb meni jerkib berdilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Abu Bakr (roziyallohu anhu)ga yuzlanib: “Ey Abu Bakr, ikkisini o‘z holiga qo‘y. Albatta, har-bir qavmni bayrami bo‘ladi. Bu bizning bayramimiz”, dedilar. Rasululloh (alayhissalom) e’tibor bermay qo‘ygan paytlarida ikkala qizchaga ishora qildim, ular chiqib ketishdi” (Imom Buxoriy rivoyati).

Hofiz ibn Hajar (rahmatullohi alayh) aytadi: “Bu hadisda bir necha foydalar bor. Ular:

– ayol kishiga muloyim bo‘lish;

– ayol kishining muhabbatini qozonish;

– bayram kunlari xursandchilikni zohir qilish din shiorlaridan ekani;

– bayram kunlarida oila a’zosiga ibodat qiyinchiliklaridan badanga dam beradigan va nafs xohlaydigan turli narsalarga kengchilik berish mashru’ ekani.

Yana hadisdan joriya aytgan qo‘shiqni eshitish joiz ekani olinadi. Chunki Rasululloh Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu)ga joriya aytayotgan qo‘shiqni eshitishni man qilmadilar. Balki, Abu Bakr Siddiqni joriyaning qo‘shiq aytishini man qilishdan qaytardilar. O‘sha ikki joriya Oisha onamiz chiqib ketishga ishora qilgunlaricha qo‘shiq aytishda davom etishdi.

Lekin bu faqat fitnadan saqlangan hollardagina joizdir.

Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishlari

Rasululloh insoniyat xayoliga kelmaydigan darajada o‘ta tavozuli edilar. U zot suyukli ayollari Oisha onamiz bilan musobaqa qilar edilar.

Mo‘minlarning onasi Oisha (roziyallohu anho) Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan safarga chiqadilar. U paytda Oisha onamiz yosh qiz edilar. Oisha onamiz aytadi: “Men hali semirmagan edim. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) sahobalariga: “Oldinga yuringlar”,  dedilar. Sahobalar yurishdi. So‘ngra menga: “Kel, musobaqalashamiz”, dedilar. Men u zot bilan musobaqa qildim va yugurishda o‘zib ketdim. Keyinchalik yana safarga chiqdik. Sahobalarga: “Oldinga yuringlar”, dedilar. So‘ngra menga: “Kel, musobaqalashamiz”, dedilar. Men oldingisini esimdan chiqarib qo‘ygan va semirgan edim. Shunda u zotga: “Yo Rasululloh, shu holatimda siz bilan qanday musobaqalashaman?” dedim. U zot (sollallohu alayhi va sallam): “Albatta, musobaqalashasan”, dedilar. Men musobaqa qildim. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) mendan o‘zib ketdilar va kulib: “Bu narigi musobaqa bilan biru bir”, dedilar” (Imom Abu Dovud rivoyati).

Sa’otiy (rahimahulloh) aytadi: “Bu hadisdan ayolga iltifotli bo‘lish, chiroyli muomala qilish, xursandchilik ulashish, uning bilan hazil-huzul ma’nosida musobaqalar qilish joizligi olinadi. Chunki bu xislatlar Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning go‘zal xulqlaridan sanaladi”.

Ayollari bilan safar qilishlari va o‘zaro fikr almashishlari

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ahli ayollari bilan birga safar qilar, kechalari birga sayrga chiqar va o‘zaro fikr almashar edilar.

Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: “Albatta, Payg‘ambarimiz safarga chiqmoqchi bo‘lsalar ayollari o‘rtasida qur’a tashlar edilar. Bir bor qur’a Oisha va Hafsa onamiz ikkalasiga tushdi. Shunga ko‘ra Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) kech kirganda Oisha onamiz bilan birga suhbatlashib, sayr qilishi kerak edi. Hafsa onamiz Oisha onamizga: “Siz tunda mening tuyamga mining. Men sizning tuyangizga minaman. Siz ham men ham ko‘ramiz”, dedi. Oisha onamiz: “Xo‘p”, – deb mindilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Oisha onamizning tuyalari oldiga keldilar. Unda Hafsa onamiz bor edi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Hafsa onamizga salom berdilar va birga ketishdi. Oisha onamiz bo‘lsa Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ni yo‘qotib qo‘ydi...”

Bu hadisdan kishi safarida ayolini sherik qilishi va ayol zotiga safarini osonlashtiradigan narsalarni hozirlab berishi olinadi. Bu nabaviy odob Islom jamiyatida ko‘p erlarda yo‘q bo‘lib ketgan. Hozirgi kunda kishi safarida ham, boshqa mahalda ham o‘zi “yolg‘iz” yashashga o‘rganib qolgan. Ayol kishi esa ko‘pincha eridan ajralgan holatda hayot kechiradi. Bu holat musulmon oilasiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Oila a’zolari o‘rtasidagi aloqaning uzilishiga, oxir-oqibat eru-xotinning ajralishiga sabab bo‘ladi.

Musulmon kishi bu borada Payg‘ambar (alayhissalom)ning yo‘llaridan yurmog‘i lozim. Chunki kishi ahli bilan birga safar qilishi, kechalari birga sayr etish va o‘zaro maslahatlashishning o‘rtadagi rishtaning mustahkamlanishiga, muhabbatning ziyoda bo‘lishiga va bir-birini yaxshi tushunishiga katta ta’siri bor.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Kaspiy dengizi xavotirli tezlikda qurib bormoqda

Каспий денгизида сув сатҳининг ўзгариб туриши аввалроқ ҳам кузатилган, бироқ олимлар 1990-йилларда бошланган ҳозирги пасайиш жараёни тўхтамаслигидан огоҳлантирмоқда.

Elektr va gaz narxlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарори билан 2026 йил 1 июндан бошлаб электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

Orol Pekinga tegishli emas va unga bo‘ysunmaydi

Лайнинг ушбу баёноти АҚШ президенти Доналд Трамп ва Си Жинпин ўртасида Пекинда бўлиб ўтган учрашувдан бир неча кун ўтиб янгради.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Mourinyo "Real"dan haydaydigan ilk futbolchi nomi ma’lum

Жозе Моуриньо «Реал» бош мураббийлигига тайинланишга яқин турибди. Португалиялик мутахассис ўз режаларига киритилмаган илк футболчини аниқлаб улгурди.

«Manchester Siti» yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi

«Манчестер Сити» клуби Хосеп Гвардиолага ўринбосар топиб бўлди. Аввалроқ тахмин қилинганидек, испаниялик мутахассиснинг ўрнини Энцо Мареска эгаллаши керак.

«Barselona» Erling Xoland transferi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

«Манчестер Сити» ҳужумчиси Эрлинг Холанд «Барселона»нинг қизиқишлар доирасига кирди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Tramp Netanyahu bilan Eron masalasida "o‘ta keskin" suhbat o‘tkazdi

Axios манбаларидан бирининг айтишича, ушбу суҳбатдан кейин Исроил бош вазирининг "сочлари тикка бўлиб кетган"

Xabib Nurmagomedov barcha qarzlarini to‘ladi

UFC собиқ чемпиони Хабиб Нурмагомедов интернетдаги реклама бўйича "Роскомнадзор" олдидаги барча қарзларини ёпгани хабар қилинди.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Rossiya Ukrainadagi urushni davom ettirish bo‘yicha beshta ssenariyga ega

Президент агар Россия ўз тажовузини кенгайтиришга қарор қилса, Украина ҳар бир эҳтимолий ҳаракатга жавоб тайёрлаётганини таъкидлади.

Isroil vazirining harakatlari G‘arb davlatlari tomonidan tanqid qilindi

ЕИ ташқи ишлар ва хавфсизлик сиёсати бўйича олий вакили Кая Каллас ҳам фаолларга муносабатни “камситувчи ва мутлақо қабул қилиб бўлмайдиган ҳолат” деб баҳолади

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Покистон ҳукумати Эрон ва Марказий Осиё давлатларига қуруқлик орқали манго экспорт қилиш бўйича молиявий талабларни вақтинча енгиллаштирди.

Daniyada 2012 yildan buyon eng kuchli zilzila qayd etildi

Сейсмологларнинг сўзларига кўра, ушбу ҳодиса Скандинавия ўлчовлари бўйича анча сезиларли бўлиб, мутахассисларнинг катта эътиборини тортди.

Myunxenda Xitoy josuslari ekani gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olindi – DW

Федерал прокуратура хитойлик 55 ва 52 ёшли Германия фуқароси бўлган эр-хотинни Хитой разведкаси топшириғи билан немис университетлари ходимлари билан алоқа ўрнатганликда айбламоқда.

Mossadning Eron bo‘yicha rejasi barbod bo‘ldi

Америка оммавий ахборот воситалари маълумотларига кўра, Исроил разведка хизмати — Моссад Эронда ҳокимиятга мамлакатнинг собиқ президенти Маҳмуд Аҳмадинажодни қайтаришга умид қилган.

Namanganda 12 yashar bola tok urishi oqibatida vafot etdi​​​​​​​

Марҳум бола Давлатобод туманидаги 56-сонли умумий ўрта таълим мактабининг 5-В синф ўқувчиси бўлган.

Andijonda noqonuniy dori sexi fosh etildi

Тезкор тадбир жараёнида «Simbaby», «Doclungc», «Leron», «Yodigan», «Polivit» каби қарийб 100 турдаги маҳсулотлар ашёвий далил сифатида олинди.

Surxondaryoda 13 yoshli qiz daryoda cho‘kib ketdi

Вояга етмаган қизнинг жасади Тўпаланг дарёсидан топилди

Toshkentda IIB xodimi fohishalarga “rahnamolik” qilib kelgani ma’lum bo‘ldi

Яккасарой туманида профилактика инспектори ўзига бириктирилган ҳудудда ижарада яшовчи аёлдан фоҳишаларга “раҳнамолик” қилиш эвазига ҳар ойда 400 доллар пора беришни талаб қилган.

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib Rebate va Country Placement dasturlarini e’lon qildi

12-20 май кунлари бўлиб ўтаётган 79-Канн халқаро кинофестивали Marché du Film кинобозорида Ўзбекистон 25 фоизли Rebate ва Country Placement дастурларини эълон қилди.

Istanbul Global Dizayn forumi xalqaro ijodkorlarni bir maydonga jamlaydi

Истанбул бугунги кунда юксак даражадаги маданият ва санъат маркази сифатида эътироф этилмоқда. Шаҳар 41 та конгресс маркази, 225 та санъат галереяси ҳамда 27 та олий таълим муассасасида амалга оширилаётган ранг-баранг дизайн дастурларини ўз ичига олган кенг инфратузилмага эга бўлиб, ҳар йили ўртача 20 дан ортиқ халқаро санъат ва дизайн тадбирлари ўтказилади.

Bokuda “Merosdan barqarorlik sari: turkiy uylar” panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Тадбирнинг очилишида сўзга чиққан Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова бундай нуфузли форумнинг Бокуда ўтказилиши муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади. Унинг қайд этишича, ушбу форум ҳукуматлар, олимлар, меъморлар, халқаро ташкилотлар ҳамда фуқаролик жамияти вакилларини бирлаштирувчи муҳим глобал майдон ҳисобланади.

San-Diyegodagi otishma qurbonlari soni besh kishiga yetdi

Ҳалок бўлганлардан бири қўриқчи бўлиб чиқди.

Tadbirkorning 2 mlrd so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan shaxslar fosh etildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 167-моддаси (ўзлаштириш ёки растрата йўли билан талон-торож қилиш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Kuba dronlari Floridaga tahdid solmoqda degan ayblov: Gavana AQShni “bosqinchilikka bahona yaratmoqda” deb tanqid qildi

Халқаро ОАВ, жумладан Axios нашрига таяниб тарқалган маълумотларга кўра, АҚШ разведкаси Кубада 300 дан ортиқ ҳарбий дронлар мавжудлиги ва уларнинг эҳтимолий ҳарбий сценарийларда ишлатилиши мумкинлигини кузатмоқда.

Netanyaxu: “birinchi zarbalardan keyin Eron qulashi mumkin”

Бу ҳақда АҚШ Марказий разведка бошқармаси ва Пентагоннинг собиқ раҳбари Роберт Гейтс маълум қилди.

“O‘zbekiston global investorlar diqqat markazida” — dunyoning yirik investorlari tarixiy IPOni e’tirof etmoqda

Президент Шавкат Мирзиёев раҳбарлигидаги Ўзбекистон ҳукумати билан давлат корхоналарида самарали бошқарувни йўлга қўйиш, иқтисодиётни қўллаб-қувватлайдиган кучли ва барқарор бизнесларни шакллантириш ҳамда маҳаллий капитал бозорини ривожлантириш йўлида ҳамкорлик қилаётганидан фахрланади.

Netanyaxu: Isroil hozir G‘azoning 60 foizini nazorat qilmoqda

Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхунинг айтишича, асосий вазифа Ғазо Исроилга таҳдид солмайдиган ҳолатга келтиришдир.

Kallas AQSH, Xitoy va Rossiyani Yevropani bo‘lishga urinishda aybladi

Европа Иттифоқининг ташқи ишлар ва хавфсизлик сиёсати бўйича олий вакили Кая Каллас АҚШ, Хитой ва Россия Европани заифлаштиришга ҳаракат қилаётганини билдирди.

Moskva va atrofidagi hududga yirik dron hujumi: uch kishi halok bo‘ldi

Москва ва Москва вилояти бир йилдан ортиқ вақт ичидаги энг йирик дрон ҳужумига учради. Ҳужум оқибатида камида уч киши ҳалок бўлди, 17 киши турли даражада жароҳат олди.

JSST Ebola virusi sabab favqulodda holat e’lon qildi

ЖССТ Африкада Эбола эпидемияси туфайли фавқулодда ҳолат эълон қилди.