HRANA: Eronni Isroil zarbalarida kamida 657 kishi halok bo‘lgan

A A A
HRANA: Eronni Isroil zarbalarida kamida 657 kishi halok bo‘lgan

Erondagi vaziyatni kuzatuvchi Amerika nodavlat tashkiloti Human Rights Activists News Agency (HRANA) 13 iyundan buyon Isroil zarbalarida halok bo‘lgan va yarallanganlarning yangilangan hisob-kitoblarini e’lon qildi: jami 657 kishi.

Ushbu ma’lumotlar ochiq manbalardan yoki tashkilotning Erondagi manbalaridan olingan. Bu raqamga nafaqat oddiy fuqarolar, balki Eronning turli qurolli kuchlari a’zolari hisoblangan jangarilar ham kiradi. Kamida 263 nafar halok bo‘lgan oddiy fuqarolar, shulardan 20 nafari bolalar bo‘lib, asosan Tehronda vafot etgan. 164 kishi harbiy xizmatchilar hisoblanadi. 230 ta holatda HRANA halok bo‘lganlarni aniq toifalarga ajrata olmadi.

Shuningdek, juma kuni ertalabgacha yarallanganlar soni kamida 2000 kishini tashkil etdi.

HRANA 2005 yilda tashkil etilgan va dastlab Eron hududida faoliyat yuritgan. Keyinchalik hukumat tomonidan bosimlar sababli faoliyatini AQShga ko‘chirdi. Tashkilot AFP agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Eronda inson huquqlari buzilishlari haqida kuniga o‘nlab xabarlar chiqaradi.

Eron hukumati yakshanba dan buyon halok bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlarni yangilamagan. Ular hisob-kitobiga ko‘ra, o‘sha paytda halok bo‘lganlar soni 224 kishini tashkil qilgan, jumladan Isroil alohida maqsad qilib olgan yuqori martabali ofiserlar va yadroviy olimlar ham bor edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi

Бу ўзгариш ташаббускорлари айнан Африка мамлакатлари бўлди — уларнинг фикрича, эски харита қитъа ҳажми ҳақидаги тасаввурни жиддий бузиб кўрсатади.

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. У