Paxta va g‘alla yetishtiruvchilar ixtiyoridagi nasoslarni modernizasiya qilish uchun bir martalik subsidiya ajratiladi

Paxta va g‘alla yetishtiruvchilar ixtiyoridagi nasoslarni modernizasiya qilish uchun bir martalik subsidiya ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 sentyabr kuni qishloq xo‘jaligidagi islohotlar ijrosiga oid taqdimot bilan tanishdi.

Mamlakatimizda bu sohaning tarmoqlari ko‘p va katta salohiyatga ega. So‘nggi yillarda paxtachilik, meva-sabzavotchilik, issiqxona xo‘jaligi, qayta ishlash sanoati kabi ko‘plab yo‘nalishlar samaradorlik nuqtai nazaridan isloh qilinmoqda.

Yurtimizda 136 ta tumanda 1 million gektardan ziyod yerda paxta yetishtiriladi. Hosildorlikni oshirish maqsadida bu yil, odatdagilariga qo‘shimcha, 42 ta istiqbolli va 18 ta xorijiy navlar ekilgan. Jumladan, ilk bor Xitoy, Hindiston va Turkiyadan olib kelingan navlar qariyb 100 ming gektarda yetishtirilmoqda.

Shuningdek, yangi tajribalar sifatida 112 ming gektarga tindirilgan urug‘, 200 ming gektarga viloyatlararo va tumanlararo navlar almashlab ekildi.

Mutasaddilar ushbu yangiliklarning natijalari va kelgusi yil uni yanada kengaytirish rejalari yuzasidan axborot berdi. Davlatimiz rahbari xorijdan urug‘ olib kelishda raqobat muhitini yaratish, paxta yetishtirish agrotexnikasini ham rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.

Qishloq xo‘jaligidagi hosildorlik, birinchi navbatda, uruqqa bog‘liq. Lekin ko‘p fermerlar urug‘lik uchun ustamani kam to‘lashni o‘ylab, past avlodli urug‘ ekayapti. Yangi urug‘ navini sinovdan o‘tkazib, davlat reestriga kiritishga esa 5 yil ketayapti. Ilg‘or tajribada birlamchi urug‘chilikni xususiy elita xo‘jaliklari amalga oshiradi.

Shu bois navlarni sinashning yangi tizimi joriy qilinishi belgilandi. Unga ko‘ra, 31 ta elita urug‘chilik xo‘jaligi va 6 ta urug‘lik tayyorlash sexidagi davlat ulushi ommaviy savdolarga chiqariladi. 46 ta urug‘chilik korxonasi birlashtirilib, hududlarda 13 ta zamonaviy korxona tashkil etiladi. Yangi urug‘lar 2 yilda ekishga joriy qilinadi.

Sohadagi yana bir katta yo‘nalish bog‘dorchilik va uzumchilik. Mamlakatimizda 266 ming gektar bog‘ va 132 ming gektar tokzor bor. Lekin bu unumdor tabiatimizga yarasha emas. Hududlarda yaxshi foydalanilmayotgan yerlar, bo‘sh adirlar talaygina.

Endi bunday yerlarda mevali bog‘lar, jumladan, uzumzor va olmazorlar barpo etishning yangi tizimi joriy qilinadi.

Ya’ni, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi hududlarning ixtisoslashuvi hamda tuproq-iqlim sharoitini inobatga olib, loyihalarning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqadi. Yerni tayyorlash, ko‘chat olish, ekish va sug‘orish tizimlari o‘rnatish hamda bog‘ hosilga kirguncha 3 yil parvarishlash uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Yangi tashkil etilgan sanoatlashgan bog‘larga 100 foiz zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatiladi.

Shuningdek, bunday loyihalarga yer ajratish tizimi ham o‘zgaradi. Mahalliy hokimlar hosildorligi past yerlar o‘rnida bog‘ barpo etish bo‘yicha taklif kiritadi. Ular ochiq elektron tanlov asosida 30 yil muddatgacha ijaraga beriladi.

Prezidentimiz bog‘ va tokzorlarni sanoatlashgan tarzda barpo etish muhimligini aytdi.

– Asosiy maqsadimiz qishloq xo‘jaligini ilmiy asoslangan, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining eng yaxshi tajribalarini tatbiq qilgan holda rivojlantirish, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Taqdimotda issiqxona xo‘jaliklaridan ham samarali foydalanish, ularni elektr energiyasi, tabiiy gaz va aylanma mablag‘ bilan ta’minlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Bugungi kunda suvni tejash – dolzarb masala. Hududlarda 732 ming gektar paxta va g‘alla maydoni ichki nasos agregatlari orqali sug‘orilmoqda. Ularning 41 foizida energiya iste’moli yuqori.

Shu bois paxta va g‘alla yetishtiruvchilar ixtiyoridagi nasoslarni modernizasiya qilish uchun bir martalik subsidiya ajratishni yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi. Bu orqali elektr energiyasi sarfi va sug‘orish vaqtini 60 foizgacha kamaytirishga, pirovard natijada mahsulot tannarxini pasaytirishga erishiladi.

Davlatimiz rahbari bu takliflarni ma’qullab, ularni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Suriyaliklar pul to‘la qoplar bilan banklarga bostirib kirishmoqda

Дамашқдан олинган суратларда одамлар банкларга, баъзан катта ахлат қопларига ўралиб, яроқсиз қоғоз пулларни олиб кетаётганини кўриш мумкин.

Kelajakda Rossiya yangi hududlarni bosib oladi

Айтганча, агар мамлакатимиз таркибига яна янги, лекин бизга жуда яқин ҳудудлар қўшилса, бу тажрибадан келажакда ҳам фойдаланиш мумкин.

Saudiya Arabistoni xazina topdi, neft konlarida «oq oltin» aniqlandi

Бу қиролликнинг нефтга бой иқтисодиёти учун нимани англатади?

Naoya Inoue nihoyat Murodjon Ahmadaliyevga javob qaytardi

Мутлақ жаҳон чемпиони, япониялик Наоя Иноуэ Муроджон Аҳмадалиевнинг чорловига жавоб қайтарди.

Suriyaning yangi rahbari Isroilga signal yubormoqda

Сурия Исроилга қарши ҳужумларни амалга ошириш учун таянч нуқтасига айланмайди.

Uchinchi jahon urushi bo‘yicha taxminlar bildirildi

Американинг Newsweek журнали, агар учинчи жаҳон уруши бошланса, фронт Европанинг шимоли-шарқида чўзилиши мумкинлигини тахмин қилди.

Samarqandda Tesla Cybertruck “prava”siz boshqarilgan

“Ҳолат юзасидан ҳайдовчига нисбатан маъмурий тартибда баённома расмийлаштирилиб, транспорт воситаси вақтинчалик сақлаш жарима майдончасига жойлаштирилган”, – дейилади хабарда.

Erkinjon Turdimovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Самарқанд вилояти ҳокими лавозимидан озод этилган Эркинжон Турдимов Президент Администрациясига ишга ўтказилади.

Yurtimizga qachon qor yog‘adi?

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Rossiyalik polisiyachilar ommaviy ravishda ishdan ketmoqda

Россияда шундай ҳудудлар борки, у ерда участка полиция инспекторлари лавозимларининг 90 фоизигача бўш, ва битта ходим тўққизта ходим ўрнига ишлашга мажбур бўлмоқда.

Isroil rahbariyati hibsga olinishiga birgina davlat tish-tirnog‘i bilan qarshi chiqmoqda

21 ноябрь куни Халқаро жиноят суди Ғазо секторида инсониятга қарши ва уруш жиноятлар содир этгани учун Исроил бош вазири Бинямин Нетаняҳу ва собиқ мудофаа вазири Йоав Галантни ҳибсга олишга ордер берди.

«Endi juda qiyin bo‘ladi»: Kilian Mbappe Lionel Messi tajribasidan so‘ng Krishtianu Ronaldu bilan o‘ynay olmaganidan afsusdaligini aytdi

Килиан Мбаппе «Реал Мадрид» афсонаси Криштиану Роналду билан кийиниш хонасини баҳам кўра олмаслигидан афсусда.

«Og‘ir kunlar oldinda»: ruslar Xersonga bostirib kirdi

Россиянинг қўпорувчи гуруҳлари Херсон томон олдинга силжишга ҳаракат қилди. Украина мудофаа кучлари уларни топиб йўқ қилди.

Kiyevdagi «Oreshnik tajribasi» bilan tahdid qilish

Путин ғарбнинг ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимлари Россиянинг янги ўрта масофага учувчи гипертовушли «Орешник» ракетасини тута олмаслигидан мақтанди.

Rossiya olti davlat elchixonalariga hujum qildi

Киевда Россиянинг ракета ҳужуми натижасида олтита хорижий элчихона зарар кўрди, деди Украина Ташқи ишлар вазирлиги матбуот котиби Георгий Тихи.

Ukraina juda maxfiy Amerika dronlaridan foydalanadi

Украина АҚШдан 5 мингдан ортиқ Phoenix Ghost учувчисиз учиш аппаратларини олган, улар ҳақидаги маълумотлар фавқулодда сир сақланади.

NATO «Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda»

Россия ТИВ раҳбари ўринбосарининг фикрича, иттифоқ мамлакатлари совуқ уруш даврида қўлланилган мудофаа режаларига кўп жиҳатдан ўхшаш мудофаа режаларини қабул қилган.

Peskov Putinning «dueli» haqida gapirdi

Россия президенти Владимир Путиннинг Орешник ва Ғарб ҳаво мудофааси ўртасидаги «технологик дуэль» таклифи янги рус ракетасининг заиф томонлари ҳақидаги саволга жавоб бўлди.

WSJ: Tramp va Putin dunyoni bo‘lishib oladi

The Washington Post газетасининг ёзишича, Кремль Украина масаласида муросага келишга тайёр эмас ва музокараларни фақат куч позициясидан олиб боришга интилмоқда.

Bosqinchilar G‘azo shahrida ko‘chirilganlar joylashgan ikkita maktabga hujum qildi

15 киши ҳалок бўлди, 30 киши яраланди.

Putin qiyin ahvoldagi Rossiya iqtisodiyoti haqida qanday fikrda?

Россия Марказий банки жорий йилнинг жума куни навбатдаги йиғилиш ўтказади, унда фоиз ставкаларининг оширилиши кутилмоқда.

Bo‘stonliqda er-xotin va uning 8 yashar o‘g‘li vafot etdi

Бу фожиага ҳам ис газидан заҳарланиш сабаб бўлган.

Salkam 1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi

Кўкдала туманида МЧЖ раҳбари иситиш тизимини таъмирлашда 934,4 млн сўмни ўзлаштирган.

Putindan keyin Ukraina o‘z shartlarini e’lon qildi

Олий Рада раиси Руслан Стефанчук Украина Россия билан ўз шартлари асосида музокаралар олиб боришга тайёрлигини айтди.

Putin Rossiya razvedka xizmatlarini tanqid qildi

Россия президенти Владимир Путин Россия махсус хизматлари Украинага Россияда «террорчилик ҳужумлари» қилиш имконини берган «энг оғир хатолар»га йўл қўйганини айтди.

Putin Ukrainada har kungi olg‘a siljishlarni da’vo qilmoqda

Президент Владимир Путиннинг таъкидлашича, Россия кучлари Украинадаги асосий мақсадлари сари олға интилмоқда ва ҳар куни муҳим ҳудудларни қўлга киритмоқда.

Putin jurnalistning savoliga keskin javob qaytardi

Россия президенти Владимир Путин америкалик журналистнинг матбуот анжуманида берган саволига кескин жавоб берди.

Arabiston Isroilning Falastin davlatini ochiq tan olish shartidan voz kechdi — OAV

Исроил ва Саудия Арабистони ўртасидаги нормаллаштириш бўйича музокараларда сезиларли «ютуқ»ларга эришилди.

Vyetnamda karaokedagi yong‘inda 11 kishi halok bo‘ldi

Вьетнам жамоат хавфсизлиги вазирлигининг хабар беришича, бир киши “ўт қўйганликда” гумонланиб ҳибсга олинган.

Nigeriyadagi yarmarkada 32 nafar bola halok bo‘ldi

Жароҳатланганлар яқин атрофдаги шифохоналарга етказилган, ҳодиса юзасидан тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Dahshat! Qashqadaryoda ota va uning 3 farzandi vafot etdi

Фожиага ис газидан заҳарланиш сабаб бўлган.

Tarkibida taqiqlangan modda bo‘lgan ozdiruvchi qahva mahsulotlarini O‘zbekistonga olib kelgan fuqaro qo‘lga olindi

“Тошкент-АЭРО” ихтисослаштирилган божхона комплекси ходимлари таркибида кучли таъсир қилувчи моддалар бўлган оздирувчи қаҳва маҳсулотларининг республикамиз ҳудудига олиб кирилиши ва ички ҳудуддаги яширин айланмасига чек қўйишди.

Zelenskiydan Vladimir Putin bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyormisiz, deb so‘rashdi

Украина армияси ўз кучи билан Қрим ва Донбассни қайтариб ололмайди, деди Украина президенти.

Ukrainadagi rus qo‘shinlari soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda

Украинадаги рус қўшинлари сони доимий равишда ўсиб бормоқда ва фронтда вазият жуда кескин.

Kamol Advon kasalxonasi xodimi Isroil hujumi bo‘lgan «dahshatli» tunni tasvirlab berdi

Камол Адвон касалхонасининг ҳамширалик бўлими раҳбари Ийд Сабба Ғазонинг шимолидаги муассасада кечган тунни «даҳшатга тўла» деб таърифлади.

Suriyada 100.000 dan ortiq jasadi bo‘lgan ommaviy qabr topildi

Сурия Фавқулодда Ишчи Гуруҳи раҳбари Мустафо Сурияда бундай оммавий қабрлар бундан ҳам кўп бўлиши мумкинлигини тан олди.