Hukumat qarori bilan Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar uchun 13 ta tumandagi yerdan foydalanuvchilarga har bir gektar maydonga 1 mln. so‘m subsidiya beriladi.
Erdan foydalanuvchilar qishloq xo‘jaligi bo‘linmasiga “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali subsidiya oluvchilar ro‘yxatiga kiritish uchun 2022 yil 25 iyulgacha ariza bilan murojaat qiladi.
Qishloq xo‘jaligi bo‘linmasi arizalarga asosan, 2022 yil 1 avgustgacha yerdan foydalanuvchilarning nomi, manzili, paxta maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ro‘yxatni viloyat hokimliklariga taqdim etadi.
Hokimliklar 2022 yil 5 avgustgacha yerdan foydalanuvchilar ro‘yxatini tasdiqlaydi. Qishloq xo‘jaligi bo‘linmasi 2022 yil 10 avgustgacha yerdan foydalanuvchilarni ularning ro‘yxatga kiritilganligi yoki ro‘yxatga kiritish rad etilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Ro‘yxatga kiritilgan yerdan foydalanuvchi 2022 yil 5 sentyabrgacha “Agrosubsidiya” AT orqali subsidiya ajratish bo‘yicha ariza bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligiga murojaat qiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ro‘yxatni umumlashtiradi va ularni 2022 yil 20 sentyabrgacha Moliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etadi.
Moliya vazirligi ro‘yxatga muvofiq subsidiyaning dastlabki 70 foizini 2022 yil 1 oktyabrgacha quyidagi taqsimotga ko‘ra tashkilotlarning hisobvaraqlariga o‘tkazib beradi:
60 foizini – yerdan foydalanuvchilarga;
6 foizini – Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga;
4 foizini – Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga.
Davlat statistika qo‘mitasi 2023 yil 25 noyabrgacha yerdan foydalanuvchilarning 2023 yildagi paxta hosildorligini avvalgi yil bilan taqqoslagan holda ma’lumot tayyorlaydi va Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Moliya vazirligi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotiga asosan paxta hosildorligi avvalgi yilga nisbatan 15 foiz yoki undan ko‘p miqdorda oshganda, subsidiyaning qolgan 30 foizini 2023 yil 20 dekabrgacha yerdan foydalanuvchilarning hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu vaqtinchalik nizom 2024 yil 1 yanvargacha amal qiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.
Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.
АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.