Pashinyan Rossiya tinchlikparvar kuchlarining faoliyatini shubha ostiga qo‘ydi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan xalqqa murojaat qilar ekan, Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasidagi rossiyalik tinchlikparvar kuchlarning faoliyati va maqsadini shubha ostiga oldi. Bu haqda arman ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
U, shuningdek, "Armaniston ittifoqchilari" ni mamlakatning mustaqil yashashi mumkin emasligini ko‘rsatishga urinishda aybladi.
“Armaniston hech qachon o‘zining ittifoqchilik mas’uliyatidan voz kechmagan yoki ittifoqchilariga xiyonat qilmagan, ammo mavjud vaziyat tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘sha xavfsizlik tizimlari va Armaniston ko‘p yillar davomida tayanib kelgan ittifoqchilar o‘z oldilariga bizning zaif tomonlarimizni va arman xalqining mustaqillikka erishish mumkin emasligini ko‘rsatish vazifasini qo‘ygan.”, - dedi Pashinyan.