Pashinyan: Rossiya bilan strategik sheriklik vositalari Yerevanning tashqi xavfsizligini ta’minlamadi

Biz 2022 yilning dekabrida Rim statutini ratifikasiya qilishga qaror qildik, o‘shanda KXSHT va Armaniston-Rossiya strategik sheriklik vositalari Yerevanning tashqi xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli emasligi barchamizga ayon bo‘ldi.
Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ma’lum qildi, deb yozadi “Report” .
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rim statutining ratifikasiya qilinishi Armanistonga tashqi xavfsizlikni ta’minlash uchun Xalqaro jinoiy sud imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi.
2022 yil oxirida Vazirlar Mahkamasi Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikasiya qilish jarayonini boshladi. 2023 yil mart oyida Armaniston Konstitusiyaviy sudi Rim statuti mamlakatning asosiy qonuniga muvofiqligini tan oldi.