Parkentdan XVI asrning oxiri – XVII asrning boshlariga oid xazina topildi

Parkentdan XVI asrning oxiri – XVII asrning boshlariga oid xazina topildi

Bu haqda Fanlar akademiyasi axborot xizmati ma’lum qildi. Akademiya olimlarining ta’kidlashicha, tangalar soni 939 ta bo‘lib, uzoq vaqtlar davomida yer ostida, nam tuproqqa qorishib chirigani sababli ularning har ikki tomoni tekislanib ketgan.

Tangalarning ayrimlariga ishlov berilib, tozalanishi ularda doira shakldagi halqa va uning ichiga arab harflaridagi yozuv bitilgani ma’lum bo‘ldi.

Tangalarga zarb sayoz urilgani ham ulardagi yozuvlar yaxshi ko‘rinmasligiga sabab bo‘ldi. Tozalangan tangalardan ayrimlarining bir tomonida «zarb Toshkent ( )” yozuvigina o‘qildi.

Ikkinchi tomonini o‘qishning imkoni bo‘lmadi. Ammo, avvallari aniqlangan, aynan ularga o‘xshash tangalar bilan qiyosiy tahlil yangi topilgan xazinaning XVI asrning oxiri – XVII asrning boshlariga tegishli ekanligini ko‘rsatdi.

Topilgan joydan aniqlangan ashyoviy dalillar - 25x25x5 santimetr hajmdagi pishgan g‘ishtlar, moviy rangdagi sirlangan va sirsiz sopol idish siniqlari ham yuqorida ko‘rsatilgan davrda ishlab chiqarilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!