Parkentda «zapravka»da turgan Neksiya portladi

Parkentda «zapravka»da turgan Neksiya portladi

Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shohobchalarining birida avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonda yorilish hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Aniqlanishicha, 9 iyun kuni soat 09:55 da Toshkent viloyati Parkent tumanida «metan zapravka» Nexia avtomashinasiga gaz quyish vaqtida unga o‘rnatilgan gaz ballonda yorilish hodisasi ro‘y bergan. Natijada Nexia avtomobili va uning yaqinida bo‘lgan 2 ta Damas rusumli avtomashinalarga turli darajada zarar yetgan.

Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli tashkilot vakillari yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda. Voqea oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!