Pandemiya bir necha oy ichida nazorat ostiga olinadi

Pandemiya bir necha oy ichida nazorat ostiga olinadi

COVID-19 pandemiyasi yaqin kelajakda nazoratga olinadi deb ishonish uchun barcha asoslar mavjud. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus ma’lum qildi.

«Biz pandemiyani bir necha oy ichida nazorat ostiga olish uchun barcha zarur vositalarga egamiz, agar ularni izchil va mutanosib ravishda qo‘llasak, bunga erishamiz», - Gebreyesus.

Shu bilan birga, JSST rahbari butun dunyo bo‘ylab 25 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lganlar orasida COVID-19 tarqalishi tezligining yuqori ekanidan xavotir ekanligini ma’lum qildi.

«Ehtimol, bu ular orasida virus tarqalishi oson va mazkur yoshdagilar o‘rtasida ijtimoiy aralashuvning yuqoriligi natijasida bo‘lishi mumkin», - dedi JSST rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, butun dunyoda COVID-19 infeksiyasining yangi holatlari soni sakkizinchi hafta ketma-ket o‘sib bormoqda.

«Hozir biz ketma-ket yetti hafta davomida kasallikka chalinish holatining ortishi va to‘rt hafta ichida o‘limlar sonining ko‘payishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bu qo‘rqinchli tendensiyalar, chunki virusning yangi variantlari paydo bo‘lishi cheklov choralarining bekor qilinishi va vaksinalarning mamlakatlar o‘rtasida adolatsiz taqsimlanishiga o‘z ta’sirini  o‘tkazmoqda», - dedi JSST vakili.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!