Ozodbek Nazarbekov nega Yakkabog‘ tumaniga bordi?

Ozodbek Nazarbekov nega Yakkabog‘ tumaniga bordi?

Qashqadaryo viloyat hokimligi tashabbusi hamda tegishli viloyat tashkilotlari hamkorligida eski Yakkabog‘ qo‘rg‘onchasida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda 4000 mingdan ortiq nuroniylar, tadbirkorlar, xotin-qizlar, yoshlar, viloyat va tuman tashkilotlari xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdi. Tadbirda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston va Qoraqolpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ham ishtirok etdi.

Mazkur bayram tadbiri avvalida viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev so‘zga chiqib, yurtimizda bo‘layotgan islohotlar mazmunida xalqning farovonligi eng ustuvor vazifa ekanligini, bayram tadbiridan esa yakkabog‘liklarga, qolaversa, butun Qashqadaryo xalqiga, xalqchil va xalq ardog‘idagi san’atkorning taronalari bilan quvonch ulashish, madaniy ozuqa berish ko‘zlanganligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!