Ozodbek Nazarbekov: «Bu juda ham yaxshi tashabbus, buni qo‘llab-quvvatlayman»

Ozodbek Nazarbekov: «Bu juda ham yaxshi tashabbus, buni qo‘llab-quvvatlayman»

25-30 aprel kunlari Xiva shahrida o‘tkazilayotgan «Lazgi» xalqaro raqs festivali doirasida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov OAV vakillarining qator savollariga javob qaytardi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Nazarbekov intervyu davomida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning o‘zini haqiqiy andijonlikman deb bilganlarga har kuni «Andijon polkasi»ga raqsga tushish topshirig‘iga nisbatan munosabat bildirarkan, «Bu juda ham yaxshi tashabbus, buni qo‘llab-quvvatlayman», deya javob bergan.

Shuningdek, u «Andijon polkasi»ni O‘zbekiston madaniy merosining elementi sifatida Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritish borasida harakatlar boshlangani va bu davom etayotganini qayd etgan.

«Nomoddiy madaniy meroslarimizni YUNESKOga kiritish maqsadida har yili tashkilotga yangi-yangi ro‘yxatlar kiritib, takliflarimizni bildirib boramiz. Oxirgi paytlarda bir qancha noyob meroslarimiz qatori «Andijon polkasi» ham taklif qilinmoqda. Jarayon allaqachon boshlangan va bu davom etyapti. O‘ylaymanki, YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasi yaqin yillar ichida«Andijon polkasi»ni ham ro‘yxatga olish bo‘yicha qaror chiqaradi. Bu raqsimiz ham tarixga muhrlanadigan asarlardan biri», — degan madaniyat vaziri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!