Ozarbayjon prezidenti rasmiy tashrif bilan Vengriyaga bordi

Ozarbayjon prezidenti rasmiy tashrif bilan Vengriyaga bordi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga bordi, deya xabar bermoqda Ozarbayjon rahbari matbuot xizmati.

Ikki davlatning davlat bayroqlari hilpirab turgan Budapesht Frens List xalqaro aeroportida Aliyev sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Prezident Ilhom Aliyev va uning rafiqasi Mehribon Aliyevani Vengriya Mudofaa vaziri Kristof Salay-Bobrovniski, Vengriya Prezidentining xalqaro munosabatlar va diplomatiya bo‘yicha maslahatchisi Kristof Altus va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!