Otabek Umarovning Shahnoza Mirziyoyevaga uylanganiga 12 yil bo‘ldi (FOTOGALEREYa)

Otabek Umarovning Shahnoza Mirziyoyevaga uylanganiga 12 yil bo‘ldi (FOTOGALEREYa)

O‘zbekiston Prezidentining kuyovi Otabek Umarov va qizi Shahnoza Mirziyoyeva Instagram’dagi sahifalari orqali bir-birini to‘ylarining 12 yilligi bilan tabrikladi.

«Maftunkor kuz oylarining birida taqdirlarimizni o‘n ikki yil avval birlashtirgan bir kun bor. Shaharlar, davlatlar, ish safarlari oramizdagi masofani uzoqlashtirsa-da, ko‘nglimiz doimo yaqin. Ba’zida bir-birimizni tushunmasdan xafalashib qolsak-da, o‘rtamizda iliqlik hech qachon yo‘qolmagan. Biz birgamiz. Butun bir romanga arzigulik voqealarni birga boshdan o‘tkazdik.

Bu kunning eng muhim jihati — unda biz, muhabbatimiz, oramizdagi mehr-u sadoqatimizning borligidir. Men dunyodagi eng baxtiyor kishiman. Chunki yonimda siz @shahulya, borsiz. Quvonchimiz va g‘ururimiz – uchala qizimizda ham sizning husningiz aksi bor. Uyga kiriboq tabassumingiz, farzandlarimiz shodonligidan yuragim to‘ladi. Men sizni sevaman, siz ila yashayman. Shuni aniq bilamanki, kelajakda bizni baxtli kunlar kutyapti, chunki chin muhabbat kun sayin mustahkamlanib boradi», — deb yozadi Otabek Umarov.⠀


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!