Ota o‘g‘li bilan o‘z ukasiga qo‘l ko‘tardi

Ota o‘g‘li bilan o‘z ukasiga qo‘l ko‘tardi

2019 yil 5 mart kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida yashovchi A.G‘. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 9 fevral kuni shu qishloqda yashovchi akasi R.G‘. va uning 28 yoshli o‘g‘li B.S.lar A.G‘. uyida o‘zaro janjal tufayli uni qo‘llari bilan bo‘g‘gani va boshiga temir jism bilan urib, jarohat yetkazganliklarini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, A.G‘. kasalxonaga yotqizilib, R.G‘. va B.S.lar ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!