Ota ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun aliment o‘rniga 3 xonali uy berdi

Ota ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun aliment o‘rniga 3 xonali uy berdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor I.N.dan undiruvchi L.SH.ning foydasiga ikki nafar farzandi ta’minoti uchun farzandlari 18 yoshga to‘lganga qadar qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, aliment nafaqasini joriy yilgacha o‘z vaqtida to‘lab kelgan qarzdor ota, 2 oydan ortiq vaqt mobaynida aliment nafaqasini to‘lay olmaganligi sababli, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga kelib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlar tushuntirilgan. Shundan keyin, qarzdor ota o‘z nomidagi uyini berish istagini bildirdi.

Natijada, sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishuviga asosan, qarzdorning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi va farzandlari 18 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan aliment pullari hisoblanib qarzdorning nomidagi Kegeyli tuman hududida joylashgan 3 xonali uyini sobiq turmush o‘rtog‘i nomiga rasmiylashtirib berdi va mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tamomlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!