«Oskar»ning ehtimoliy talabgorlari

A A A
«Oskar»ning ehtimoliy talabgorlari

Variety portali 2019 yilgi «Oskar» uchun nomzod bo‘lishi mumkin bo‘lgan filmlar ro‘yxatini e’lon qildi. «Yilning eng yaxshi filmi» nominasiyasiga Martin Skorsezening «Irland», Kventin Tarantinoning «Bir zamonlar Gollivudda», Pon Djun-xoning «Parazitlar» va Greta Gervigning «Kichkina ayollar» kartinalari da’vogar.

Shuningdek, ro‘yxatdan «Nikoh hikoyasi», «Alam va sharaf», «Joker», «Jojo quyoncha», «Roketmen», «Ikki Ota», «O‘yinchoqlar hikoyasi 4», «Biz» va «Ford Ferrari‘ga qarshi» filmlari ham o‘rin olgan.

Yil aktyori nominasiyasi uchun Xoakin Feniks, Kristian Beyl, Eddi Merfi, Robert Pattinson, Adam Drayver, Adam Sendler, Antonio Banderas, Leonardo Di Kaprio, Robert De Niro va Jonatan Prays kurashishi mumkin.

«Yilning eng yaxshi aktrisasi» nominasiyasida Skarlett Yoxansson, Sharliz Teron, Lupita Niongo, Sirsha Ronan, Elfri Vudard, Djulianna Mur, Elizabet Moss, Kristen Styuart va Nora Lum nomzodi keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Oskar» taqdimot marosimi 2020 yilning 9 fevralida o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!