Osiyoning eng kelishgan erkaklar reytingida peshqadam kim?

Osiyoning eng kelishgan erkaklar reytingida peshqadam kim?

Qozog‘istonlik mashhur xonanda Dimash Kudaybergen King Choice "Osiyodagi eng kelishgan 100 erkak - 2021" reytingida birinchi o‘ringa chiqdi.

Tanlov saytida yozilishicha, qozog‘istonlik xonandaga rekord miqdorda 5,8 milliondan ortiq foydalanuvchi ovoz bergan. Ammo ovoz berish jarayoni hali yakuniga yetmadi, u 30 sentyabrgacha davom etadi.

Ikkinchi o‘rinda Janubiy Koreyaning BTS guruhining solisti Kim Sokjin. Unda 37 ming kamroq ovoz olgan. Raqamlarga qaraganda u qozog‘istonlik qo‘shiqchining yagona raqibi.

Uchinchi o‘rinda Tailand aktyori Vin Metavin, unga 1,4 million ovoz berildi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil aprel oyida Toshkentda Dimash Kudaybergen O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev bilan uchrashgandi.

Qo‘shiqchi Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevning davlat tashrifi doirasida Toshkentda “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida chiqish qildi. Xonanda SOS d‘un terrien en detresse nomli fransuz qo‘shig‘ini ijro etdi va o‘zbek tomoshabinlari qalbini zabt etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!