Osiyo kubogi. O‘zbekiston U23 termasi chorak finalda amaldagi chempionlarga qarshi bahs olib boradi

Osiyo kubogi. O‘zbekiston U23 termasi chorak finalda amaldagi chempionlarga qarshi bahs olib boradi

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqichining 3-turida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Vyetnamga qarshi bahs olib bordi. Unda hamyurtlarimiz yirik 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, Timur Kapadze shogirdlari 9 ochko bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Chorak finaldagi raqibimiz Saudiya Arabistoni bo‘ladi. Mazkur o‘yin 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Agar "oq bo‘rilar" ushbu bosqichdan ham muvaffaqiyatli o‘tsa, yarim finalda Janubiy Koreya Indoneziya o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi bilan o‘ynaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!