Oshxo‘rlik bahonasida qimor tashkil etgan “oshpaz” sudlandi

Oshxo‘rlik bahonasida qimor tashkil etgan “oshpaz” sudlandi

Vaqtning qadriga yetmaydigan, halol mehnat qilib pul topishga bo‘yni yor bermaydigan ba’zi shaxslar qimorbozlikka qo‘l urib, bir-birlarini aldab, haqlariga xiyonat qilishadi. Sudlanuvchi Bahodir Rahimov (ism shariflar o‘zgartirilgan) To‘raqo‘rg‘on tumani o‘zining yashash uyida oshxo‘rlik bahonasida qonunga xilof ravishda qimor o‘yinini tashkil etib, Sobir, Raxmon Sobitlar bilan qimor o‘ynagani uchun ayblangan. Vaholanki, muqaddas dinimizda ham bu o‘yin man etilgan. Amaldagi qonunlarimizda esa qimorbozga tegishli jazo belgilangan.

“Oshpaz”ning suddagi iqrori...

Uyimda zerikib ko‘chaga chiqdim, mahalladoshlarim Sobir, Raxmon Sobitlar bilan uyida osh qilib yeyish haqida kelishdik. Uyda osh yeb bo‘lgach, Sobitda o‘rtaga pul tikib qimor o‘ynash fikri paydo bo‘ldida, ko‘chadan karta olib kelib qimor o‘ynasakchi degan edi, ularga qarshilik ko‘rsatmadim. Ularni o‘yinini tomosha qilib o‘tirib, o‘yin davomida 1.000-2.000 so‘mdan jami 20.000 so‘m “cho‘tal” pul oldim. Shu vaqt yashash uyimga fuqarolik kiyimida bo‘lgan IIB xodimlari kirib kelib, yonlarida bo‘lgan narsalarini chiqarishlarini aytib, o‘rtada bo‘lgan 715.500 so‘m pul va 36 dona o‘yin kartalarini holislarni ishtirokida tekshirib ko‘rish uchun olishdi. Bor gap shu... Hozirda qilmishimdan chin ko‘ngildan pushaymonman, bu holat boshqa takrorlanmaydi...

Sud hukmi...

Sud sudlanuvchiva guvohlarning ko‘rsatuvlarini eshitib, dastlabki tergov jarayonida, sudda to‘plangan dalillarni tekshirib va muhokama qilib, jinoyat ishidagi hujjatlarni tahlil qilib, taraflarning muzokarasi va sudlanuvchining oxirgi so‘zini tinglab, sudlanuvchi Bahodir Rahimovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 278-moddasining 1-qismi bilan JK 57-moddasini qo‘llab, 3 yil ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Shu bilan birga mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmaslik, tegishli ma’muriy hudud (Namangan viloyati)dan tashqariga chiqmaslik, restoranlar, kafelar, barlar, klublar, kinoteatrlar, kompyuter zallariga bormaslik, muqaddam sudlangan shaxslar bilan aloqa o‘rnatmaslik, alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik tarzidagi qo‘shimcha taqiqlar belgiladi.

 

 

                                                                       Zafarbek Rasulov,

jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi

 bo‘lim boshlig‘i

                       
Doniyor Mirzayev,

jinoyat ishlari bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman sudining devonxona mudiri


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!