Oqqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar Senat Raisi tomonidan nazoratga olindi

Oqqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar Senat Raisi tomonidan nazoratga olindi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi ishchi guruh Oqqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga qaratilgan ishlar holati bilan tanishdi.

Senat Raisi dastlab tumandagi Monomarkazda bo‘lib, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash borasidagi ishlar, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi, markazda kasb-hunar o‘rganayotgan xotin-qizlar bilan muloqot qilib ularning kelgusidagi faoliyati yuzasidan muloqot qildi hamda tegishli taklif va tavsiyalar berdi.

Shundan so‘ng respublika ishchi guruhi a’zolari, tuman hokimi, sektor rahbarlari, Toshkent viloyati hamda Oqqo‘rg‘on tumani mas’ullari, mahalla faollari bilan mulqot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha ishlarni mutlaqo yangicha yondashuvlar va tizim asosida tashkil qilish, bu borada Yangiyo‘l tumanining «Qirsadaq» mahallasida joriy etilgan tizimni qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yangi tizim asosida avvalo tumandagi barcha mahallalarda xonadonbay xatlov o‘tkazgan holda ishsiz, ishlash istagini biladirgan xotin-qizlarni, ularning imkoniyat va extiyojlari aniqlanadi hamda mahallalar kesimida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aniq manzilli choralar belgilanadi.

Bunda asosiy e’tibor xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, ijtimoiy himoyaga muxtoj xotin qizlarga zarur tibbiy, ijtimoiy, psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish, aholi tomorqasidan samarali foydalanish, mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga qaratiladi.

Muloqot jarayonida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva, «Xalq banki» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Gulzoda Rashidova, shuningdek, viloyat va tuman mas’ullari so‘zga chiqib, belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Shundan so‘ng T.Narbayeva «Qahramon» mahallasida yashovchi fuqaro T.Mansurov xonadoniga tashrif buyurib xonadonda tomorqadan qolaversa xonadondagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida xonadon sohiblarining tajribasi bilan tanishdi. Ta’kidlash joizki xonadon sohiblari tomorqasida uch marta hosil olish bilan birga, asal yetishtirish, chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanib o‘tgan yili kamida 300 mln so‘m daromad ko‘rgan. T.Narbayeva mahallalarda mana shunday tadbirli aholi safini kengaytirish, odamlarning tomorqadan unumli foydalanishi orqali kambag‘allikni qisqartirish mumkinligini alohida ta’kidlab, bu borada qator taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Shuningdek, tuman mas’ullari hamda «Mahalla yettiligi»ga uy sharoitida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning faoliyatini rasmiylashtirish, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini kengaytirish, dual ta’lim tizimi asosida ayollarni kasb-hunarga o‘qitish orqali kooperasiya shaklida bandligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!