Onlayn savdo qimmatga tushdi

Onlayn savdo qimmatga tushdi

Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqaro T.D. ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjeridagi “Ayollar kiyimlari turkiya” nomli kanal administratori-noma’lum foydalanuvchi bilan muloqotga kirishganligi, o‘zini «Farangiz» deb tanishtirgan shaxsga ko‘ylak xarid qilish maqsadida murojaat qilganligi, «Farangiz» unga bank kartasi ma’lumotlari hamda telefon raqamiga kelgan SMS xabarni unga taqdim etishini so‘raganligini, so‘ng jabrlanuvchi o‘ziga tegishli bank kartasi va telefon raqamiga kelgan SMS ma’lumotlarini telegram messenjeri orqali taqdim etganligi, natijada bank kartasida bo‘lgan jami 9.000.000 so‘m miqdoridagi pullari yechib olinganligini bildirgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida fuqaro T.D.ning bank kartasidan pullarni yechib olgan shaxs Qarshi shahrida yashovchi, 2004 y.t., J.J. ekanligi aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!