Onlayn-auksion savdolarida 17 ta geologik ob’ekt 18,9 milliard so‘mga sotildi

Onlayn-auksion savdolarida 17 ta geologik ob’ekt 18,9 milliard so‘mga sotildi

Qo‘mitaning jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ziyoda Ahmedova ma’lum qilishicha, joriy yilning fevralida geologiya sohasida investisiyalarni yanada jadallashtirish hamda 50 ta kon va istiqbolli maydonlarni mahalliy va xorijiy investorlarga shaffof mexanizmlar asosida foydalanishga berish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. U 2021 yil 11 fevralda tasdiqlandi.

– 2021 yilda 26 ta geologik ob’ekt “E-AUKSION” auksion savdosiga joylashtirildi hamda o‘tkazilgan onlayn-auksion savdolari natijalariga ko‘ra 17 ta geologik ob’ekt 18,9 milliard so‘mga sotildi hamda ruxsatnomalar rasmiylashtirildi. Shuningdek, 9 ta geologik ob’ekt bo‘yicha auksion savdolari e’lon qilinib, 2021 yil 29 iyulda auksion tanlovlari o‘tkazildi. Unda 1 ta geologik ob’ekt bo‘yicha auksion g‘oliblaridan jami 3,6 milliard so‘mlik takliflar olindi, – dedi Z.Ahmedova.

Shu bilan birga, joriy yilning avgust oyida 8 ta geologik ob’ekt bo‘yicha auksion tanlovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2021 yilning iyun-avgust oylarida geologiya-qidiruv ishlari yanada jadallashtirilmoqda. Bunda qo‘shimcha 24 ta istiqbolli maydon va kon geologik asoslanadi va har bir ob’ekt bo‘yicha tizerlar, taqdimotlar tayyorlanib auksion savdolari orqali investorlarga taklif etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!