«Omikron» shtami xavfsiz ekani rad etildi

«Omikron» shtami xavfsiz ekani rad etildi

AQShning bir qancha yetakchi tibbiyot maktablari olimlari «omikron» xavfsiz ekani haqidagi xabarlar uydirma ekanini aytmoqda.

Buni aniqlash uchun 130 ming nafar kovidga chalingan bemorlarning ma’lumotlari o‘rganilgan.

Tadqiqot natijasiga ko‘ra, «omikron» avvalgi shtamlar kabi jiddiy va xavflidir. Bu virus turi xavfsiz ekani haqidagi xabarlarni rad etadi. «Biz “omikron”da kasalxonaga yotqizish va o‘lim xavfi deyarli bir xil ekanini aniqladik. Tahlillarimiz u “delta” va kovidning oldingi variantlari kabi og‘ir kechishini ko‘rsatadi», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, aynan vaksinalar «omikron»ning o‘lim va kasallanish darajasini ushlab turishga yordam bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!