"Omikron"ni grippdan qanday farqlash mumkin?

"Omikron"ni grippdan qanday farqlash mumkin?

Pandemiya boshlanganidan buyon 2,5 yildan ko‘proq vaqt o‘tdi. Ana shu davrda koronavirusning takroriy evolyusiyalarini kuzatdik. Insoniyat yangi-yangi mutasiyalar bilan yuzlashmoqda.

O‘z navbatida, SOVID-19ning klinik belgilari va asoratlari hamon o‘zgarib turibdi. Shundan kelib chiqib, kasallikka qarshi kurashish uslublari ham yangilanyapti.

Mana, hozir dunyoda “omikron” shtammi dominant versiyaga aylangan. Ammo uning subvariantlari ro‘yxati kengayishda davom etmoqda. Biroq ayni shu mutasiyalarga xos asosiy alomatlar gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli kasalliklar simptomlaridan farq qilmaydi.

Xususan, yo‘tal, isitma, tomoq og‘rig‘i, holsizlik kabi belgilar ham koronavirus, ham O‘RVIga xosdir.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, avvalgi shtammlarda xastalikni aniq ifodalab turuvchi yaqqol alomatlar bor edi. Bemorlarda hid va ta’m bilish qobiliyatining yo‘qolishi shular jumlasidan.

“Omikron” variantlarida bunday simptomlar bor-yo‘g‘i 5 foiz bemorlarda kuzatilyapti, xolos. Qolaversa, hozirgi mutasiyalar aksariyat hollarda pnevmoniyani keltirib chiqarayotgani yo‘q.

❗️Shifokorlarning qayd etishicha, ayni kunda COVID-19ni gripp yoki boshqa o‘tkir respiratorli infeksiyalardan ajratishning oson va arzon yo‘li PZR va ekspress tibbiy testlardir.

To‘g‘ri, “omikron”ning ayrim kichik shtammlari, chunonchi, VA 2.75 versiyasi bilan kasallanganlar tana, mushaklar hamda bel va bosh og‘rig‘idan shikoyat qilmoqda. Shuningdek, “kentavr” mutasiyasi aniqlangan ba’zi bemorlar yorug‘ muhitda ko‘zlarini ochishga qiynalyapti. Ular ko‘z gavharida og‘riqlarni his qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!