Olmaliqda lo‘li ayollar janjallashdi

Olmaliqda lo‘li ayollar janjallashdi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida ayollar guruh bo‘lib janjallashgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holatda lo‘li elatiga mansub bir nechta ayollar o‘zaro tortishib janjallashgan.

Janjal shu vaqtning o‘zida hududiy profilaktika inspektori va mahalla xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.

Voqea yuzasidan sodir etilgan huquqbuzarlikka oid ish hujjatlari to‘planib sudga taqdim etilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!