Olmaliq shahrida 155 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Olmaliq shahrida 155 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Olmaliq shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro SH.I. dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish orqali noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, Olmaliq shahridagi “Korzinka” savdo markaziga qarashli avtoturargohda xaridorga xorijda ishlab chiqarilgan 1 211 quti “IRS-19” hamda 1 860 quti “Tivortin” 100 ml nomli dori vositalarini jami 155 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan SH.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!