Oliy sud "I. Karimov ishi" bo‘yicha ma’lumot berdi

Oliy sud "I. Karimov ishi" bo‘yicha ma’lumot berdi

Oliy sud Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi fuqaro D. Mavlonovaning videomurojaati yuzasidan ma’lumot berdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudiga 2020 yil 6 avgustda da’vogar - Navoiy shahar prokurori fuqaro Islombek Karimov manfaatini ko‘zlab javobgar - "Navoiyazot" AJga nisbatan ishga tiklash, majburiy progul yurgan kunlari uchun ish haqi va ma’naviy zararni undirish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.

Sudning 2020 yil 6 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, da’vogarning da’vo talabi qisman qanoatlantirilib, javobgar - “Navoiyazot” AJning manfaatdor shaxs I. Karimov bilan mehnat shartnomasi bekor qilish haqidagi 2020 yil 26 maydagi 863k-sonli buyrug‘i g‘ayriqonuniy deb topilib, I. Karimov 2020 yil 26 maydan boshlab “Navoiyazot” AJning 023-sexiga avtomatika va asboblarni nazorat o‘lchash bo‘yicha chilangar shogirdi vazifasiga tiklangan.

Sudning qaroriga ko‘ra, “Navoiyazot” AJdan davlat foydasiga davlat boji, I. Karimov foydasiga majburiy bekor yurgan kunlari uchun 3 523 02 so‘m ish haqi (soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni chegirib qolingan holda) va unga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 900 000 so‘m tovon puli undirilishi belgilangan.

Ushbu fuqarolik ishi bo‘yicha hal qiluv qaroriga nisbatan tomonlardan shikoyat kelib tushmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!