Oliy sud: hokimlar qarorlarini haqiqiy emas, deb topish bilan bog‘liq 2 mingga yaqin ish ko‘rib chiqildi

Oliy sud: hokimlar qarorlarini haqiqiy emas, deb topish bilan bog‘liq 2 mingga yaqin ish ko‘rib chiqildi

Joriy yilning birinchi choragi davomida ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 3 ming 696 ish ko‘rib chiqildi. Buning natijasida 1 ming 523 fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari tiklandi.

Oliy sud axborot xizmatidan ma’lum qilishicha, hisobot davrida ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi 3 ming 273 ish ko‘rib chiqildi.

Xususan, hokim qarorini haqiqiy emas, deb topish bilan bog‘liq ko‘rib tamomlangan ishlar soni 1 ming 947 tani tashkil qilib, shundan jismoniy va yuridik shaxslarning 864 arizasi qanoatlantirildi.

Viloyat va unga tenglashtirilgan ma’muriy sudlar tomonidan apellyasiya tartibida 964 ish ko‘rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 108 qaror bekor qilinib, to‘rtta qaror o‘zgartirildi.

Oliy sudning Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 265 shikoyat va protest o‘rganib chiqilib, shundan 86 tasi ish materiallari asosida ko‘rib chiqildi.

Natijada quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarning 16 tasi bekor qilinib, bittasi ko‘rmasdan qoldirildi, bittasi ish yuritishdan tugatildi va 65 tasi o‘zgarishsiz qoldirildi.

Shuningdek, apellyasiya instansiyasida ikkita va kassasiya instansiyasida bitta ish ko‘rilib chiqilib, sud qarorlari o‘zgarishsiz qoldirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!