Olimlar qon bosimi va shakar miqdorini kamaytirishning oddiy usulini aniqladi

Olimlar qon bosimi va shakar miqdorini kamaytirishning oddiy usulini aniqladi

Kolumbiya universiteti (AQSh) olimlari salomatlikni yaxshilashda piyoda yurishning foydalari haqida ma’lumot berishdi, deya xabar bermoqda ScienceDaily nashri.

Ilm-fan vakillari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, harakatsiz turmush tarzi hatto muntazam jismoniy mashqlar bilan ham sog‘liq uchun zararli.

Shu bilan birga, ish kuni davomida har yarim soatda besh daqiqalik yurish qomat va sog‘liqni saqlashga yordam beradi. Ushbu turdagi faoliyat qon bosimi va qondagi shakar miqdorini pasaytiradi, shuningdek, kayfiyatni yaxshilaydi va charchoqni kamaytiradi.

Har 30 daqiqada va har 60 daqiqada bir daqiqadan piyoda yurish ham qon bosimini sezilarli miqdorda kamaytirishga yordam beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!